Fulxem Shi Charlz uchun taklifini oshirishi kerak
«Sautgempton» «Fulxem»ning Shi Charlz uchun qilgan 24 million funtlik taklifini rad etdi. Klub futbolchi uchun 30 million funt talab qilmoqda.
Daily Mail xabariga ko'ra, «Sautgempton» «Fulxem»ning Shi Charlz bo'yicha qilgan taklifini rad etdi. Londonliklar futbolchi uchun 24 million funt taklif qilishgan.
«Avliyolar» rahbariyati yarim himoyachi uchun belgilangan 30 million funt narxidan qaytmayapti. Shu sababli, shimoliy irlandiyalik futbolchining yozda Premer-ligaga o'tishi barbod bo'lishi mumkin.