«Inter»ning iqtidorli hujumchisi shartnomani uzaytirish, Aleksandar Stankovich va mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.
Sky Sport xabariga ko'ra, futbolchi quyidagicha fikr bildirdi:
- «Inter» asosiy jamoasidagi ikkinchi mavsumim oldinda. O'tgan mavsumda 48 ta o'yinda 10 ta gol urdingiz.
- O'tgan mavsumda kutganimizdan ham yaxshiroq natijaga erishdik. B seriyadan kelganimni hisobga olsak, o'tgan o'yin yilidan juda mamnunman. Maqsad – to'xtab qolmaslik va ishlashda davom etish. Shu bois bu mavsumda nafaqat statistika, balki futbolchi sifatida ham o'sishga intilaman.
- «Milan»ga qarshi o'yin yaqinlashmoqda – garchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lsa ham.
- Derbi – har doim o'zgacha voqea. Bolaligimdan beri ko'plab derbilarda qatnashganman, bu har doim ajoyib. O'rtoqlik o'yini bo'lsa-da, biz unga jiddiy yondashamiz.
- «Inter»ning maqsadlari? Jamoadoshlaringiz buni yashirishmayapti.
- Men ular bilan roziman, yashiradigan narsa yo'q: biz kuchli jamoamiz va bu mavsumda ham sovrinlar uchun kurashamiz.
- Aleksandar Stankovich haqida bir necha so'z.
- Uning biz bilan ekanligi ajoyib. Ale «Inter»ga 11 yoshida kelgan, men esa jamoada bir necha mavsum o'ynab bo'lgandim. Yana bir jamoada ekanligimizdan xursandman. Bu yozda unga doimiy ravishda yozib, qaytadimi yoki yo'q, deb so'rab turdim. Axir bolalikdan «Inter» asosiy tarkibida birga o'ynashni orzu qilgan do'sting bilan bir jamoada bo'lish juda yoqimli. U mashg'ulotlar va o'yinlarda yaxshi ko'rinmoqda, lekin men uchun bu kutilmagan hol emas. Endi uning kuchini boshqalar ham tushunib yetishdi.
- Muxlislar shartnomangizni uzaytirish bo'yicha yangiliklarni kutishmoqda.
- Men mutlaqo xotirjamman. «Inter»da o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Shartnoma bilan agentim va klub shug'ullanmoqda, hech qanday muammo yo'q.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!