«Manchester United» Igor Tyago transferini ko'rib chiqmoqda
Ben Jacobs xabariga ko'ra, «Manchester United» «Brentford» hujumchisi Igor Tyagoni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini muhokama qilgan.
Ben Jacobs xabariga ko'ra, «Manchester United» yozgi transfer oynasida «Brentford» hujumchisi Igor Tyagoni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini muhokama qilgan.
❗️Klub futbolchining holati bilan yaqindan tanishish uchun uning vakillari bilan bog'langan, ammo muzokaralar hozircha dastlabki bosqichda. «United» ayni damda yarim himoyachi va chap qanot himoyachisini sotib olishni ustuvor vazifa deb bilmoqda. Hujumchi transferi esa Joshua Zirkzeening kelajagiga bog'liq bo'lishi mumkin.