Rodri va Mastantuono: «Real Madrid» transfer rejalari
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 21

Rodri va Mastantuono: «Real Madrid» transfer rejalari

📻 Cope xabariga ko'ra, «Manchester Siti» Rodri uchun 70 million yevrogacha mablag' talab qilishi mumkin.

Shu bilan birga, Ispaniya terma jamoasi sardori va Diomande transferi uchun «Madrid» tarkibdagi ayrim o'yinchilar bilan xayrlashishi kerak. Ayni damda «qaymoqranglilar» ro'yxatida 25 ta o'rin to'liq band etilgan, Mastantuono esa «Kastilya» tarkibida ro'yxatdan o'tgan.

Argentinalik futbolchining kelajagiga kelsak, u «Madrid»dan ketsa, faqat «River Pleyt»ga o'tishni istaydi. Biroq madridliklar rahbariyatiga vinger faoliyatini davom ettirishi uchun bu variant ma'qul emas.

Nima bo'lganda ham, Mastantuono «Madrid»dan sotilishi yoki ijaraga berilishi ehtimoli eng yuqori bo'lgan 3 nafar o'yinchidan biri. Asensio va Gonsalo — qolgan ikki futbolchi. Biroq ularning hech biri klubni tark etishni istamayapti.

📰 AS (XFD) ma'lumotiga ko'ra, Rodrining «Real Madrid»ga o'tishi yozda jamoaning amaldagi yarim himoyachilaridan birini sotish uchun eshiklarni ochishi mumkin.

📝 Fabrisio Romano xabariga ko'ra: «Rodri «Real Madrid»ga o'tishni mutlaq ustuvor vazifa deb bilmoqda.

«Manchester Siti» esa kutishni ma'qul ko'rmoqda, chunki ular boshqa klublar ham 30 yoshli tayanch yarim himoyachisi uchun kurashga qo'shilishi mumkin deb hisoblashadi. Biroq «shaharliklar» uchun Rodrining «qaymoqranglilar» safiga o'tish qarorini o'zgartirish qiyin bo'ladi».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!