#Florian Plettenberg — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Yoshko Gvardiol "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolaydi

Yoshko Gvardiol "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolaydi

Yoshko Gvardiol "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolash uchun Manchesterga yetib keldi. Bu haqda Florian Plettenberg xabar bermoqda.

✈️ Yoshko Gvardiol "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolash uchun Manchesterga yetib keldi.

✍️ Himoyachi o'z agenti bilan birga keldi. Tomonlar besh yillik yangi bitim imzolashadi, unga ko'ra Gvardiolning maoshi ham sezilarli darajada oshiriladi.

‼️ Florian Plettenberg

Chelsi Aleks Skott uchun yangi taklif tayyorlamoqda

Chelsi Aleks Skott uchun yangi taklif tayyorlamoqda

Florian Plettenberg xabariga ko'ra, «Chelsi» «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott uchun yangi taklif tayyorlamoqda.

🚨 Florian Plettenberg xabariga ko'ra, «Chelsi» Aleks Skottga bo'lgan qiziqishini saqlab qolgan va futbolchi uchun yangi taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

«Chelsi»ning 64 million funt sterlinglik dastlabki taklifi «Bornmut» tomonidan rad etilgan. «Giloslar» 22 yoshli yarim himoyachini tarkibda saqlab qolishga qat'iy bel bog'lagan. Ushbu ma'lumot talkSPORT tomonidan ham tasdiqlangan.

Shuningdek, futbolchiga boshqa jamoalar ham qiziqish bildirmoqda. Pep Gvardiola uni «aqlbovar qilmas o'yinchi» deb atagan bo'lsa, Tomas Tuxel ham uning mahoratini yuqori baholaydi.

O'ng ustun yangiliklari

Bilol El-Xannus uchun APL klublaridan tushgan takliflar rad etildi

Bilol El-Xannus uchun APL klublaridan tushgan takliflar rad etildi

"Shtutgart" yarim himoyachisi Bilol El-Xannus uchun APL klublaridan tushgan takliflar rad etildi. Nemislar futbolchi uchun kamida 60 mln yevro talab qilmoqda.

"Shtutgart" yozgi transfer oynasi davomida Bilol El-Xannus uchun Angliya Premer-ligasi klublaridan ikkita taklif oldi, ammo ularning barchasi rad etildi.

Futbolchining o'zi transferga qarshi emas, biroq "Shtutgart" uni jamoada olib qolishni istamoqda. Nemis klubi faqat 60 million yevrodan yuqori bo'lgan takliflarni ko'rib chiqadi. Hozircha aniq bir kelishuv mavjud emas.

Florian Plettenberg xabariga ko'ra.