"Roma"ning yana bir transfer maqsadi qo'ldan chiqib ketishi mumkin. Sky Sport Deutschland xabariga ko'ra, Said El Mala "Roma"ga o'tish taklifini rad etgan. "Kyoln"ning yosh hujumchisi rimliklar tomonidan qilingan aniq taklifga payshanbadan jumaga o'tar kechasi rad javobini bergan.
Ma'lumotlarga ko'ra, El Mala faoliyatini Italiyada davom ettirishdan manfaatdor emas va Germaniyada qolishni afzal ko'rmoqda. Futbolchi o'z rivojlanishi uchun qulayroq manzil deb hisoblagan Dortmundning "Borussiya"siga o'tishga tayyor. Dortmundliklar allaqachon "Kyoln"ga dastlabki taklif bilan chiqishgan, ammo rad javobini olishgan: "Borussiya"ning taklifi yetarli emas deb topilgan, "Kyoln" esa o'z yulduzini taxminan 50 million yevroga baholamoqda.
Shu tariqa, Krisensio Sammervill transferi barbod bo'lganidan so'ng, "Roma" yana bir muammoga duch keldi. Bu safar muammo nafaqat moliyaviy, balki futbolchining Bundesligada qolish istagi bilan bog'liq. Agar vaziyat o'zgarmasa, El Mala "jallorossi"ning chap qanotni kuchaytirish bo'yicha asosiy maqsadlari ro'yxatidan chiqib ketishi kutilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!