Pio Espozitoning agenti futbolchining "Inter"da qolishini va tomonlar shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.
Pio Espozitoning agenti futbolchining kelajagi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Pio "Inter"da qoladi. U qolishni istaydi, biz ham uning qolishini xohlaymiz, klub ham uni saqlab qolish niyatida. Shartnomani uzaytirish bo'yicha to'liq tayyorgarlik bor va biz buni xotirjam muhokama qilyapmiz. O'z vaqtida kelishuv rasmiylashtiriladi, bunga hech qanday shubha yo'q.
Nicolo Schira xabariga ko'ra, Pio Espozito «Spetsiya» bilan shartnomasini 2031-yilga qadar uzaytiradi va maoshi oshiriladi.
Nicolo Schira xabariga ko'ra, kelasi hafta klub rahbariyati Pio Espozito vakillari bilan uchrashuv o'tkazadi. Tomonlar shartnomani 2031-yilga qadar uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishishni maqsad qilgan.
Yosh hujumchining maoshi ham sezilarli darajada oshirilishi kutilmoqda.
«Inter» hujumchisi Pio Esposito jamoa maqsadlari, Aleksandar Stankovich va o'z shartnomasi borasidagi vaziyat haqida gapirdi.
«Inter»ning iqtidorli hujumchisi shartnomani uzaytirish, Aleksandar Stankovich va mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.
Sky Sport xabariga ko'ra, futbolchi quyidagicha fikr bildirdi:
- «Inter» asosiy jamoasidagi ikkinchi mavsumim oldinda. O'tgan mavsumda 48 ta o'yinda 10 ta gol urdingiz.
- O'tgan mavsumda kutganimizdan ham yaxshiroq natijaga erishdik. B seriyadan kelganimni hisobga olsak, o'tgan o'yin yilidan juda mamnunman. Maqsad – to'xtab qolmaslik va ishlashda davom etish. Shu bois bu mavsumda nafaqat statistika, balki futbolchi sifatida ham o'sishga intilaman.
- «Milan»ga qarshi o'yin yaqinlashmoqda – garchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lsa ham.
- Derbi – har doim o'zgacha voqea. Bolaligimdan beri ko'plab derbilarda qatnashganman, bu har doim ajoyib. O'rtoqlik o'yini bo'lsa-da, biz unga jiddiy yondashamiz.
- «Inter»ning maqsadlari? Jamoadoshlaringiz buni yashirishmayapti.
- Men ular bilan roziman, yashiradigan narsa yo'q: biz kuchli jamoamiz va bu mavsumda ham sovrinlar uchun kurashamiz.
- Aleksandar Stankovich haqida bir necha so'z.
- Uning biz bilan ekanligi ajoyib. Ale «Inter»ga 11 yoshida kelgan, men esa jamoada bir necha mavsum o'ynab bo'lgandim. Yana bir jamoada ekanligimizdan xursandman. Bu yozda unga doimiy ravishda yozib, qaytadimi yoki yo'q, deb so'rab turdim. Axir bolalikdan «Inter» asosiy tarkibida birga o'ynashni orzu qilgan do'sting bilan bir jamoada bo'lish juda yoqimli. U mashg'ulotlar va o'yinlarda yaxshi ko'rinmoqda, lekin men uchun bu kutilmagan hol emas. Endi uning kuchini boshqalar ham tushunib yetishdi.
- Muxlislar shartnomangizni uzaytirish bo'yicha yangiliklarni kutishmoqda.
- Men mutlaqo xotirjamman. «Inter»da o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Shartnoma bilan agentim va klub shug'ullanmoqda, hech qanday muammo yo'q.
Bissekdan so'ng, Pio Espozito «Inter» bilan 2031-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Bissekdan so'ng, navbat Pio Espozito bilan shartnomani uzaytirishga keldi. Hujumchi 2031-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma oladi, uning maoshi esa bonuslar bilan birga mavsumiga taxminan 3 million yevroni tashkil etadi.
Yaqin soatlar ichida yakuniy kelishuvga erishish uchun «Inter» bilan navbatdagi muzokaralar rejalashtirilgan.