Vinisius Junior shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 13

Vinisius Junior shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda

Sky Sport jurnalisti Plettenberg xabariga ko'ra, «Real Madrid» Vinisiusga shartnomasini uzaytirish bo'yicha yangi taklif bilan chiqdi. Klub uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng 26 yoshli vinger bilan yangi bitim imzolashga umid qilmoqda.

«Qirollik klubi» «Arsenal»ning Vinisiusga bo'lgan qiziqishidan ham xabardor. «Kanonirlar» braziliyalik futbolchi uchun ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda va bu haqda o'yinchi vakillari ogohlantirilgan.

Cope ma'lumotiga ko'ra, Vinisius moliyaviy sabablar tufayli «Madrid» bilan shartnomasini hali uzaytirgani yo'q. Braziliyalik futbolchi Kilian Mbappe bilan bir xil maosh olishni istamoqda.
AS jurnalisti Gabilondo yozishicha, Vinisius «Real Madrid»da shunchaki uchinchi raqamli futbolchi bo'lishni istamaydi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!