Mendi "Real Madrid"dan ketishi mumkin
Mendi "Real Madrid"dan ketishi mumkinligi aytilmoqda. Shuningdek, himoyachi Fransiya terma jamoasiga qaytishi ehtimoli ham bor.
📻 Pereyro (Onda Cero jurnalisti):
Mendi ko'pchilik kutganidan ham oldinroq "Real Madrid"ni tark etishi mumkin. Biroq uning klubdan ketishi hali kafolatlanmagan.
📰 L'Équipe:
Mendi jismoniy holatini to'liq tiklab olsa, Fransiya terma jamoasiga qaytishi mumkin. "Uch ranglilar"ning yangi ustozi Zidan 31 yoshli himoyachini juda qadrlaydi va hurmat qiladi.