Real Madrid yangi futbolchilarni bir vaqtning o'zida tanishtirishi mumkin
Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra, Real Madrid yangi futbolchilarni alohida emas, balki bir vaqtning o'zida taqdim etish variantini ko'rib chiqmoqda.
📻 Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra:
"Madrid"da har bir yangi futbolchini avvalgidek muxlislarga alohida tanishtirish kerakmi yoki yo'q, degan savol tug'ilmoqda. Klub ushbu tadbirni o'tkazishning turli variantlarini ko'rib chiqmoqda. Shu sababli, "qaymoqranglilar" barcha yangi o'yinchilarni bir vaqtning o'zida taqdim etishi mumkin.