Didye Desham Maykl Olise haqidagi tanqidlarga munosabat bildirdi
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Maykl Olisening Ispaniyaga qarshi o'yindagi harakatlari va unga bildirilgan tanqidlar haqida gapirdi.
Didye Desham Ispaniyaga qarshi kechgan bahsdan so'ng Maykl Olise manziliga yo'llangan tanqidlarga o'z munosabatini bildirdi:
Menimcha, siz biroz qattiqqo'llik qilyapsiz. U Ispaniyaga qarshi o'yinda boshqalar qatori yaxshi o'yin ko'rsata olmadi. Uning o'sishi uchun hali imkoniyatlar ko'p. Albatta, u yanada kuchayadi. Katta o'yin [jahon chempionati yarim finali] va hissiyotlar ham o'z ta'sirini o'tkazdi. Ammo agar bu jahon chempionatida haqiqatan ham o'zini ko'rsata olgan biror futbolchi bo'lsa, bu aynan u. Qolaversa, u juda ajoyib inson.
U yanada yuqori cho'qqilarga erishadi. Ba'zida shunchaki omad yetishmaydi, shuningdek, raqibning kuchini ham tan olish kerak. Dayo Upamekanoni misol qilib keltiraman. Hozir u mutlaq yirtqich, ammo unga ham shunday darajaga chiqish uchun vaqt kerak bo'lgan.