#Andrey Santos — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Alisson Santos: «Napoli»da o'ynash men uchun haqiqiy orzu»

Alisson Santos: «Napoli»da o'ynash men uchun haqiqiy orzu»

Alisson Santos «Napoli»ga o'tishi va klubdagi ilk goli haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Alisson Santos

🔘 «Napoli»dan taklif olganingizda nimalarni his qildingiz?

«Napoli»ga o'tish imkoniyati paydo bo'lganida juda xursand bo'ldim; imkon qadar tezroq shu yerda bo'lishni xohlardim. Bu katta klub — bu yerda o'ynash men uchun haqiqiy orzu.»

🔘 «Roma» darvozasiga urgan golingizdan keyingi his-tuyg'ularingiz?

«Napoli» safidagi ilk golimni urganimdan behad baxtiyorman; bu juda hissiyotli lahza edi. Men 27-raqam ostida o'ynayman, chunki bu mening tug'ilgan kunim.»

🔘 Kiyinish xonasidagi eng quvnoq yigit kim?

«Men!»
Fred Andrey Santosni Manchester Yunaytedga o'tishi bilan tabrikladi

Fred Andrey Santosni Manchester Yunaytedga o'tishi bilan tabrikladi

Fred "Manchester Yunayted"ga o'tgan Andrey Santosni tabriklab, unga o'z tilaklarini bildirdi.

🗣️ Fred Andrey Santosga murojaat qildi:

"Manchester Yunayted"da yana bir braziliyalik futbolchi paydo bo'lganidan juda xursandman. U 17-raqam ostida o'ynashi ajoyib, ammo eng muhimi, u "qizil iblislar" libosini kiyadi. Unga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Bir marta qizil – doimo qizil.