Manchester United yarim himoyachi transferi bo'yicha yakuniy qarorga kelgani yo'q
Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Manchester United hali uchinchi yarim himoyachini transfer qilish uchun byudjetni tasdiqlamadi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra:
Manchester United hozircha uchinchi yarim himoyachini sotib olish uchun qancha mablag' ajratishga tayyorligini aniqlab olgani yo'q.
Klubda byudjet bo'yicha yakuniy qaror qabul qilingach va asosiy transfer maqsadi tasdiqlangach, rahbariyat darhol uni tarkibga qo'shib olish ustida ishlashni boshlaydi.