Sky Sport CH xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi «Roma» bilan bog'lanib, futbolchining transfer shartlari va narxi bilan qiziqdi. Bu qiziqish Kone Fransiya terma jamoasi safida ko'rsatgan o'yinlaridan so'ng paydo bo'ldi.
Biroq raqobat juda yuqori. «Manchester Yunayted» hamon yarim himoyachi uchun kurashmoqda. Ayni damda Kone Premer-liga loyihasini afzal ko'rmoqda, ammo Saudiya Arabistoniga o'tish variantini ham butunlay inkor etmayapti. Shu bois, vaziyat ochiq qolmoqda va tez orada o'zgarishi mumkin. «Al-Ahli» dastlabki aloqalarni o'rnatdi, «Roma» esa takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!