Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Inter Miami — yangiliklari

Inter Miami va bog'liq yangiliklar

Jud Bellingem Messi bilan o'rtalaridagi holatga izoh berdi

Jud Bellingem Messi bilan o'rtalaridagi holatga izoh berdi

Jud Bellingem Lionel Messi bilan o'rtalarida yuz bergan vaziyatga munosabat bildirdi.

Jud Bellingem:

Messi bilan shunchaki fol haqida gaplashib turgandik. Hech qanday yomon gap bo'lgani yo'q. Ishonchim komilki, hamma buni bo'rttirib ko'rsatadi, lekin aslida hech narsa yuz bermadi.

Bog'liq yangiliklar

Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi

Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi

Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlash uchun «Barselona»ning yoshlar jamoasi – «Barsa Atletik» murabbiylar shtabiga qo'shilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

🚨 Karlos Monfort xabariga ko'ra, Serxio Buskets murabbiylik faoliyatidagi ilk qadamlarini tashlamoqchi va shu maqsadda «Barselona» bilan muzokaralar o'tkazgan. U «Barsa Atletik» murabbiylar shtabiga qo'shilishni rejalashtirmoqda.

Busketsning maqsadi – murabbiylar shtabi ishini ichkaridan o'rganish va kundalik jarayonlar bilan yaqindan tanishish.

Hozircha unda bosh murabbiy sifatida ishlash uchun zarur bo'lgan litsenziya yo'q, biroq u Belletti bilan birga amaliyot o'tash, jamoaning kundalik mashg'ulotlarida qatnashish va «Barsa» kabi klub murabbiylar shtabi qanday ishlashini bevosita kuzatishni istamoqda.