Milan yozgi transferlar oynasida 150 million yevro ishlab olmoqchi
MilanAC ↗ ●●●●○ Transfer 👁 25

Milan yozgi transferlar oynasida 150 million yevro ishlab olmoqchi

Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, Milan yozgi transferlar oynasida o'z tarkibidagi bir qator futbolchilarni sotuvga qo'yib, 150 million yevro atrofida mablag' ishlab olishni rejalashtirmoqda 🔴⚫

Sotilishi kutilayotgan futbolchilar ro'yxati:

Rafael Leau — 60 million (175 millionlik tovon puli real emas, Tottenxem va Yunayted qiziqishi hozircha sust, Turkiya yoki Arabiston variantlari realroq)

Ximenez — kamida 21 million (jarohat xaridor topishni qiyinlashtirmoqda)

Fofana — taxminan 20 million

Loftus-Chik va Bondo — jami 15 million atrofida

Estupinyan (Aston Villa) — taxminan 15 million

Tomori — shunga yaqin summa (shartnoma 2027-yilda yakunlanadi)

 

Muhim tafsilot: agar rejalar o'zgarmasa, Leau 29-iyul kuni Pertda o'tadigan mavsumoldi yig'inlarida jamoaga qo'shiladi!

 

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!