Nikolo Tresoldi uchun kurash qizg'in pallada
TEAMtalk xabariga ko'ra, "Lids" "Bryugge" hujumchisi Nikolo Tresoldiga qiziqish bildirmoqda. Futbolchi uchun "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" ham kurashmoqda.
TEAMtalk xabariga ko'ra, "Lids" Nikolo Tresoldiga qiziqish bildirmoqda.
21 yoshli markaziy hujumchi "Bryugge" futbolchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumda germaniyalik futbolchi "ko'k-qoralar" safida 58 ta o'yin o'tkazib, 23 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, bo'yi 186 sm bo'lgan hujumchi yozgi transfer bozorida xaridorgir bo'lib turibdi. "Lids"dan tashqari, uning harakatlarini "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari ham kuzatib bormoqda.
Italiyaning "Roma" klubi yaqinda Tresoldi uchun 30 million funt sterlinglik taklif bilan chiqqan edi. Biroq "Bryugge" rahbariyati germaniyalik hujumchini sotishni rejalashtirmagani uchun ushbu taklifni rad etdi.