Antuan Grizmann «Atletiko» afsonalari xiyobonidan joy oladi
Antuan Grizmann «Atletiko» afsonalari xiyobonidan joy oladigan bo'ldi. Klub a'zolari futbolchi uchun esdalik lavhasi o'rnatilishini ma'qullashdi.
Antuan Grizmann «Metropolitano» stadioni yaqinidagi afsonalar xiyobonida o'zining esdalik lavhasiga ega bo'ladi.
Klub a'zolari ko'pchilik ovoz bilan Grizmann uchun esdalik lavhasi o'rnatilishini ma'qullashdi.
Yangi afsonalar xiyoboni mavsum boshlangunga qadar yakunlanishi kutilmoqda.
Esdalik lavhasiga ega bo'lgan barcha 18 nafar o'yinchi:
• Fernando Torres
• Luis Aragones
• Paulo Futre
• Diego Simeone
• Gabi
• Adelardo
• Eskudero
• Larbi Ben Barek
• Diego Godin
• Xose Euloxio Garate
• Enrike Kollar
• Kiko
• Milinko Pantic
• Diego Forlan
• Aparisio
• Arteche
• Radamel Falkao