Liverpul universal himoyachi yoki ikkita himoyachi izlamoqda. Hozircha aniq muzokaralar olib borilmayapti. Iraola jamoa himoyasi yetarlicha butlanmaganini ma'lum qilgan.
Liverpul ham markaziy, ham qanot himoyasida o'ynay oladigan futbolchilarni ko'rib chiqmoqda. Munosib nomzod topish qiyin, chunki gap asosiy tarkib futbolchisi haqida ketmayapti.
Klub yana bir asosiy markaziy himoyachini kelgusi transfer oynalaridan birida, Virjil van Deykning potentsial o'rinbosari sifatida xarid qilishi mumkin.
Liverpul asosiy tarkib uchun futbolchi sotib olishga qaror qilsa, chap oyoqli markaziy himoyachiga e'tibor qaratishi mumkin. Shu sababli Livay Kolvillga uzoq vaqtdan beri qiziqish bor, garchi Chelsi uni sotilmaydigan futbolchi deb hisoblasa ham.
Klubga Josh Achimpong ham yoqadi. Yoz boshiga qadar klub dastlabki so'rov yuborgandi, ammo hozir vaziyat rivojlanmayapti, chunki Chelsi uni sotishni istamayapti.
Komo futbolchisi Xakobo Ramon ham muhokama qilingan, ammo hozirgi vaqtda Arsenal va Chelsi unga jiddiyroq qiziqish bildirmoqda.
Transfer oynasi yopilgunga qadar Liverpul himoyani kuchaytirmasa, bu meni ajablantiradi.
Hozircha Liverpul Spens uchun kurashga qo'shilgani haqida ma'lumot yo'q. Xuddi shu narsa Pedru Netuga ham tegishli. Ilya Zabarniy bo'yicha ham hozircha qo'shadigan gapim yo'q, ammo vaziyat o'zgarsa, xabar beraman.
Bornmut futbolchisi Rayan Liverpulga yoqadi. Biroq hozir bitimni ehtimoliy deb hisoblamayman va hech qanday muzokaralar olib borilmayapti.
Dastlab Rayanning tovon puli 100 million yevro atrofida ekani xabar qilingandi, ammo manbalar bu summa yuqoriroq va 150 million yevroga yaqinlashayotganini aytishmoqda. Bornmut bu shart 2026-yil emas, 2027-yil yozida kuchga kirishini hisoblaydi. Klub futbolchini kamida yana bir to'liq mavsum saqlab qolmoqchi.