AZ tarkibini 21 yoshli himoyachi bilan kuchaytirdi
AZ jamoasi "Lommel"dan 21 yoshli himoyachi Sem de Grandni o'z safiga qo'shib oldi. Tomonlar 2030 yilga qadar shartnoma imzolashdi.
AZ jamoasi tarkibini 21 yoshli himoyachi Sem de Grand bilan to'ldirdi. Futbolchi Niderlandiya yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Dastlab "Lommel" va AZ o'rtasidagi muzokaralar qiyin kechgan bo'lsa-da, yakunda klublar kelishuvga erishdi. Sem 2030 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.