Savino «Tottenxem»ga o'tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi
Savino «Tottenxem»ga o'tishi borasidagi muxlisning taklifiga o'z munosabatini bildirdi.
Muxlis: Savino, «Tottenxem»ga o't!
👀 Savino: 👍
Savino «Tottenxem»ga o'tishi borasidagi muxlisning taklifiga o'z munosabatini bildirdi.
Muxlis: Savino, «Tottenxem»ga o't!
👀 Savino: 👍
Savino "Manchester Siti"dagi holatidan qat'i nazar, "Tottenxem"ga o'tishga qiziqish bildirmoqda. Sky Sports va Szy ma'lumotlari.
Sky Sports xabariga ko'ra, "Manchester Siti" futbolchining istagi va "Tottenxem"ning qiziqishi haqida xabardor, ammo hozircha rasmiy taklif kelib tushmagan.
Savino ayni damda jamoa bilan Osiyo bo'ylab mavsumoldi turnesida ishtirok etmoqda. U sabr bilan harakat qilib, o'zini professional tutmoqda va unga Premer-ligada o'ynash imkoniyatini bergan klubga hurmat bilan yondashmoqda.
Shunga qaramay, futbolchini "Tottenxem"ga o'tish va Roberto De Dzerbi qo'l ostida ishlash imkoniyati qiziqtirmoqda.
Szy ma'lumotiga ko'ra, Savino allaqachon "Brentford"ga qarshi o'yin rejalariga kiritilgan.
Daily Mail xabariga ko'ra, Savino Tottenxemga o'tishga yaqin. Shu sababli, Manchester Siti yangi vinger qidirishni boshladi.
Daily Mail xabariga ko'ra, Savino 65 million funt sterling atrofidagi summa evaziga Tottenxemga o'tishga yaqin turibdi. Shu sababli, Manchester Siti yangi vinger qidirishni boshladi.
Rafael Leau «Tottenxem»ga taklif qilingan, biroq klub futbolchiga qiziqish bildirmayapti. «Tottenxem»ning asosiy maqsadi — Savino.
Rafael Leau «Tottenxem»ga taklif qilingan, biroq hozirgi kunda «shporlar» futbolchiga qiziqish bildirmayapti. Tomonlar o‘rtasida hech qanday muzokaralar olib borilmayapti.
«Tottenxem»ning vinger pozitsiyasi uchun asosiy nomzodlari — Kodi Gakpo va Savino.
Savino — klubning birinchi, ikkinchi va uchinchi raqamli maqsadi.
«Liverpul» esa hozircha Gakpo transferi borasida muzokaralarga tayyor emas.
Roberto De Zerbi «Tottenxem»da PSV sobiq yulduzlari Xavi Simons, Savino va Kodi Gakponi birlashtirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
Roberto De Zerbi «Tottenxem» uchun o'zgacha rejalar tayyorlamoqda va bu jarayon deyarli sezilmay kechmoqda. 👀✨
PSV sobiq yosh yulduzlari yana bir jamoada to'planishi ehtimoli mavjud:
Xavi Simons
Savino
Kodi Gakpo
Kodi Gakpo "Liverpul"dan ketishi mumkinmi? "Tottenxem"ning Savino transferidagi qiyinchiliklar va Krupi jarohati ortidan Gakpo varianti dolzarblashmoqda.
🚨 Kodi Gakpo haqida:
Mening ma'lumotlarimga ko'ra, u daxlsiz emas. "Liverpul" Gordonning 70 million funt sterlingga va Rojersning 117 million funt sterlingga transferlarini hisobga oladi. Gakpo yo qoladi – va "Liverpul"ni bu variant qoniqtiradi – yoki sezilarli ustama bilan sotiladi.
🚨 "Tottenxem"ning qiziqishi va Savino bilan bog'liq vaziyat haqida:
Hozirda londonliklar Savinoni sotib olishga urinishmoqda. Asosiy to'siq "Siti"ning pozitsiyasi bilan bog'liq. Rahbariyat Savinoni sotishni ko'rib chiqishga tayyor, ammo jamoani yaqinda Entso Mareska boshqara boshladi. U o'rniga o'rinbosarlar olmasdan turib, Rodri, Savino va boshqa futbolchilarni yo'qotishni istamaydi. Shu sababli bitim goh jonlanib, goh yana to'xtab qolmoqda. Bundan tashqari, klub narxni belgilab olishi kerak. "Tottenxem" "Siti" so'rayotganidan kamroq to'lamoqchi. Agar Savino transferi barbod bo'lsa – yoki "Tottenxem" ikkalasini ham sotib olishga qaror qilsa – Gakpo jiddiy variantga aylanishi mumkin.
🚨 Jeykobsning ma'lumotlari shular bilan cheklanadi, ammo Fabrisio Romano kecha Gakpo va "Tottenxem" masalasida vaziyatni diqqat bilan kuzatib borish kerakligini yana bir bor ta'kidlaganini eslatib o'tish joiz.
Bundan tashqari, bugun Krupi jarohat olib, 3-4 oyga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi. "Tottenxem" uni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqayotgan edi, ammo jarohatdan so'ng "shporlar"ning barcha insayderlari klub endi aniq "Liverpul"ga Gakpo bo'yicha murojaat qilishini bir ovozdan ta'kidlashmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Savino "Manchester Siti"dan ketish istagini bildirgan. Futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlamoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Savino "Manchester Siti"ga yozgi transfer oynasida klubni tark etish istagi borligini ma'lum qilgan.
Braziliyalik futbolchi ko'proq o'yin vaqti olishni va faoliyatini boshqa joyda davom ettirishni istamoqda.
Fabrisio Romano «Tottenxem»ning vinger pozitsiyasi uchun asosiy nomzodlari kimligini ma'lum qildi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra:
«Tottenxem» vinger pozitsiyasi uchun ko'rib chiqayotgan asosiy nomzodlar – Kodi Gakpo va Savino. Biroq hozircha «Liverpul» Gakponing ketishiga ruxsat bermayapti.
Ushbu ikki futbolchi «Tottenxem» uchun vinger pozitsiyasida ustuvor maqsad hisoblanadi. Men ular o'tadi deb aytmayapman, chunki hammasi muzokaralarga bog'liq. Ammo Savino ular uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi raqamli nishon, chunki «Tottenxem» uni bir yil oldin ham o'z safiga qo'shib olmoqchi edi.
Kodi Gakpo esa «Tottenxem»ning istagi, lekin bu «Liverpul»ga bog'liq. Shu bois sabr qilib, bu borada nimalar ro'y berishini kutish kerak».
Fikr qoldirish va reaksiya uchun Telegram orqali kiring.