Flamengo prezidenti Tiago Almada transferi haqida gapirdi
Flamengo prezidenti Luis Eduardo Baptista Tiago Almada transferi bo'yicha muzokaralar davom etayotganini tasdiqladi.
🚨 Flamengo prezidenti Luis Eduardo Baptista Flamengo TV kanalida Tiago Almada haqidagi savolga javob berdi:
«Men Almada haqida gapirmoqchi emasman. Shu paytgacha shartnoma imzolangani haqida hech qachon oldindan e'lon qilmaganman va bugun ham buni boshlamayman. Muzokaralar davom etmoqda va yaqin orada rasmiy ma'lumot beriladi».