Ben Jeykobs «Liverpul»ga bag'ishlangan podkastda ishtirok etdi. U Bredli Barkolaning transferi borasida quyidagilarni aytib o'tdi:
🚨 Transfer summasi haqida:
Men «Liverpul» dastlab 80 million funt sterling atrofida va qo'shimcha bonuslar ko'rinishidagi taklif bilan muzokaralarni boshlashini kutmoqdaman. Barkola bo'yicha yakuniy kelishuv «Liverpul» istayotgan 80 million hamda PSJ talab qilayotgan 120 million funt orasida bo'lishi ajablanarli emas.
🚨 Agar PSJ birinchi taklifni rad etsa:
«Liverpul» taklif yuborib, tezroq oldinga siljishga urinadi. Ammo bu yerda Isak bilan bog'liq tarixni yodda tutish kerak. Agar birinchi taklif rad etilsa, klub o'z pozitsiyasini saqlab qoladi: «Liverpul» kelishuvdan voz kechishga tayyor va sotuvchi tomondan aniq signal bo'lmasa, narxni oshirmaydi. Avgust oyi qancha cho'zilsa, PSJning pozitsiyasi shunchalik zaiflashishi mumkin, ayniqsa parijliklar yana bir hujumchi xarid qilsa va Barkolaning shartnomasi yakuniga yetib borayotgan bo'lsa. Shu sababli «Liverpul» hoziroq kelishib olishga urinib ko'rmoqchi.
🚨 Barkola uchun raqobat haqida:
«Enfild»da vaziyatga xotirjam qarashmoqda, chunki ular Barkolaning o'tish istagidan xabardor. Muxlislarning xavotirini tushunaman: agar «Arsenal» Vinisius Juniorni ololmasa, Barkolaga o'tadimi? Fransiyalik futbolchi londonliklarga yoqadi, ammo hozir «Liverpul» o'z shartlari asosida va o'z baholashi bo'yicha ish olib bormoqda. Klub bu transfer ustida bir yildan ortiq vaqt davomida ishlamoqda. Barkola «Liverpul»ning qiziqishidan ancha oldin xabar topgan.
🚨 Muqobil variantlar haqida:
Ilgari men muqobillar ro'yxatida Minte nomini keltirgandim, ammo hozir unga bo'lgan qiziqish so'nib qoldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!