Rodri "Real Madrid"ga o'tishga qaror qildi
Sky Sport Germany jurnalisti Patrik Bergerning xabar berishicha, Rodri "Real Madrid"ga o'tishga qaror qilgan. Klub futbolchi bilan shaxsiy shartnoma ustida ishlamoqda.
Sky Sport Germany jurnalisti Patrik Berger xabariga ko'ra, "Real Madrid" Rodrini o'z safiga qo'shib olishga qaror qildi va futbolchining o'zi ham "Qirollik klubi"ga o'tishga rozi bo'ldi.
Hozirda "Real Madrid" "Manchester Siti" bilan muzokaralarni boshlashdan avval o'yinchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini yakuniy kelishib olish ustida ishlamoqda.