Il Corriere dello Sport xabariga ko'ra, neapolliklar Benua Badyashil transferi bo'yicha muzokaralarni to'xtatib turishibdi, bunga o'yinchining jarohatlar tarixi sabab bo'lmoqda. Shu bois «Yuventus» himoyachisi nomzodi yana birinchi o'ringa chiqdi:
«Napoli» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Gattini juda yaxshi biladi: u bilan Turinda ishlagan va uni qaytadan kashf etishi yoki maxsus o'rgatishi shart emas. Bu xabardorlik «adzurri» uchun yaqqol ustunlik hisoblanadi, ayniqsa, murabbiy talablarini tushunadigan va Italiyada o'ynash tajribasiga ega tayyor markaziy himoyachi qidirilayotgan transfer oynasida. Ikkala klubni ham qoniqtirishi mumkin bo'lgan variant – bu sotib olish majburiyati bilan ijaraga berish. «Yuventus» o'z navbatida, sotuv imkoniyatini istisno qilmayapti, biroq «Napoli» qanday taklif bilan chiqishini kutmoqda. Ayni damda «adzurri» rasmiy taklif yuborishdan avval kelishuvning barcha jihatlarini tahlil qilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!