Fabrisio Romano ma'lumotiga ko'ra, Barkol transferi bo'yicha klublar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra:
Barkol bilan shaxsiy shartlar bo'yicha muammo yo'q.
Shu bilan birga, klublar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. Rasmiy taklif hali yuborilmadi, ammo bu yaqin kunlar masalasi – klublar o'rtasidagi munosabatlar juda yaxshi, biroq bu yerda moliyaviy masala turibdi.
L'Equipe xabariga ko'ra, «Arsenal» Bradley Barcola uchun «PSJ» so'rayotgan 120 million yevroni to'lamoqchi emas. Londonliklar futbolchini 90 million yevroga baholamoqda.
L'Equipe xabariga ko'ra, «Arsenal» ayni damda Bradley Barcola uchun «PSJ» talab qilayotgan 120 million yevro to'lashga tayyor emas. «Kanonirlar» futbolchini maksimal 90 million yevroga baholamoqda.
Haqiqat shundaki, hozirgi bozor narxlarida Barcola bunchalik qimmat turmaydi. 120 million yevro yoki 102 million funt sterling juda katta narx, ammo yakuniy kelishuv detallarga bog'liq bo'ladi: transfer narxi 80+15/20 million funt sterling atrofida bo'lsa, ajablanmayman.
Barkolya uchun "Liverpul" va "Bavariya" da'vogar, "Arsenal" esa Yan Diomande vaziyatini o'rganmoqda.
Fransiyalik ishonchli insayder Abdel Hamed xabariga ko'ra, "Liverpul" va "Bavariya" ayni damda Barkolya bilan bog'liq qiziqish bildirgan va uning vakillari bilan muloqot qilgan yagona klublar hisoblanadi.
Fabrisio Romano ma'lumotiga ko'ra, "Arsenal" Yan Diomande vaziyati bo'yicha uning atrofidagilardan ma'lumot to'plagan. Barkolya yoki "PSJ" vakillari bilan esa hech qanday aloqa o'rnatilmagan.
Pol Joys xabariga ko'ra, Liverpul PSJ hujumchisi Barkol transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi va 100 million funt atrofida kelishuvga erishmoqchi.
Pol Joys xabariga ko'ra:
Liverpul PSJ bilan bog'lanib, Barkol transferi bo'yicha taxminan 100 million funt sterling evaziga kelishuvga erishishga urinmoqda. Bu bonuslarni hisobga olmagandagi summa.
O'tgan yozda Florian Virts transferi ham shunga o'xshash sxema asosida amalga oshirilgan edi: Bayer darhol 100 million funt oldi va bonuslar evaziga yana 16 million funt ishlab olishi mumkin.
Isak Liverpul uchun rekord darajadagi 125 million funtga tushgan va Barkol bo'yicha kelishuv summasi bu ko'rsatkichdan oshib ketishi dargumon.
O'tgan yozda Liverpul Barkolni taxminan 75 million funtga sotib olishni muhokama qilgan, biroq Rio Ngumoa rivojlanishiga to'sqinlik qilmaslik uchun bitimni tezlashtirmaslikka qaror qilgandi. Biroq Salohning ketishi fransiyalik futbolchi uchun tarkibdan joy bo'shatdi.
Endilikda Barkol navbatdagi xaridga aylanishi uchun PSJ o'z talablarini sezilarli darajada pasaytirishi kerak bo'ladi.
Umuman olganda, klub hujum va himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Insayder Abdel Hamed PSJning transfer strategiyasi hamda Barkola va Akliush atrofidagi vaziyat haqida ma'lumot berdi.
Insayder Abdel Hamedning xabariga ko'ra, PSJ o'z transfer maqsadlari bo'yicha muzokaralarda futbolchining aynan shu klubga o'tish istagiga tayanmoqda va shu orqali transfer summasi bo'yicha o'z shartlarini o'tkazishga urinmoqda.
Shu bilan birga, Akliush masalasida «Liverpul» «Monako» talab qilayotgan summani darhol taklif qilishi ehtimoli mavjud, xuddi «Real» Diomande transferida qilgani kabi.
Shuningdek, u Barkolaning klubni €120-130 million (£102-110 mln) evaziga tark etishi mumkinligini ta'kidladi.
Abdel Hamed yozishicha, Barkola — «Liverpul»ning ustuvor maqsadi. Klub parijlik vinger bilan shartnoma imzolash uchun bor kuchini ishga solmoqda. Avvalroq 170 mln haqida gap ketgan bo'lsa-da, 120-130 mln atrofidagi taklifga klub quloq solishi mumkin.
Jeykobs xabariga ko'ra, PSJ Barkolani 170 million yevroga baholamoqda. Transfer narxini belgilashda yaqinda amalga oshirilgan yirik kelishuvlar inobatga olingan.
Jeykobs xabariga ko'ra, PSJ o'z futbolchisi Barkolani 170 million yevroga baholamoqda. ⛵
Bunda yaqinda amalga oshirilgan Anderson (135 million) va Rojers (138 million) transferlari, shuningdek, futbolchining JCHdagi muvaffaqiyatli o'yinlari asos qilib olingan. 🙃