Hujumkor vinger pozitsiyasi uchun nomzodlar ro'yxatida yangi futbolchi paydo bo'ldi. 📰
Giallorossi.net xabariga ko'ra, «Roma» «Lion» klubi vingeri Malik Fofanani sotib olish ustida ishlamoqda. Fofana o'zining texnik qobiliyatlari, yoshi va o'sish salohiyati tufayli juda istiqbolli o'yinchi hisoblanadi.
Fofana o'ng oyoqda harakatlanuvchi vinger bo'lib, hujumning har ikki qanotida o'ynay oladi, ammo ko'proq chap qanotda samaraliroq. U tezkor, texnikasi kuchli va birga-bir vaziyatlarda raqibni ortda qoldira oladigan futbolchi. Uning xususiyatlari «Roma»ning sobiq nishoni bo'lgan Krisensio Sammervillga juda o'xshash.
«Roma» futbolchi bo'yicha so'rovlar yuborgan va muzokaralarni boshlagan. Fofananing maoshi «Roma» uchun maqbul (soliqlargacha 2,7 million yevro), klub unga 4 million yevro maosh taklif qilishga tayyor. Asosiy to'siq — uning transfer narxi. «Lion» futbolchi uchun 40 million yevro atrofida mablag' talab qilmoqda, «Roma» esa bu summani pasaytirishga urinmoqda.
O'tgan mavsumda Fofana «Barselona» kabi klublarning e'tiborida bo'lgan, biroq jiddiy to'piq jarohati uning barqaror o'yin ko'rsatishiga xalaqit bergan. Hozirda u jarohatdan forig' bo'lib, mashg'ulotlarga qaytgan. «Roma» futbolchining sifatiga va uning Gasperini taktik dasturiga mos kelishiga ishonchi komil.
Ayni damda bu variant diqqat markazida qolmoqda. Agar Nusa bilan bog'liq muzokaralar ijobiy yakunlanmasa, Malik Fofana «Roma» uchun asosiy maqsadga aylanishi mumkin. D'Amiko transferni iyul oyi oxirigacha yakunlash ustida ishlamoqda.