Pio Espozito «Inter» bilan shartnomasini uzaytirmoqchi
Bissekdan so'ng, Pio Espozito «Inter» bilan 2031-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Bissekdan so'ng, navbat Pio Espozito bilan shartnomani uzaytirishga keldi. Hujumchi 2031-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma oladi, uning maoshi esa bonuslar bilan birga mavsumiga taxminan 3 million yevroni tashkil etadi.
Yaqin soatlar ichida yakuniy kelishuvga erishish uchun «Inter» bilan navbatdagi muzokaralar rejalashtirilgan.
Di Marzio xabariga ko'ra