Zeki Chelik «Roma» va uning muxlislari bilan xayrlashdi 👋
«Qadrli romanistlar, bugun ushbu katta oila bilan xayrlashar ekanman, so'z bilan ta'riflash qiyin bo'lgan his-tuyg'ularni boshdan kechirmoqdaman. «Roma» libosini kiyish, bu ranglar uchun kurashish va sizlarning qarshingizda maydonga tushish men uchun katta sharaf va faxr bo'ldi. Klubda o'tkazgan har bir kunim ham futbolchi, ham inson sifatida o'sishimga yordam berdi. Biz birgalikda unutilmas lahzalarni boshdan kechirdik. «Roma»ning UEFA Chempionlar ligasiga qaytishiga hissa qo'shganimdan doimo faxrlanaman.Jamoadoshlarimga, klub ravnaqi yo'lida har kuni mehnat qilayotgan barcha xodimlarga, sport direktorlariga, shuningdek, men bilan ishlash baxtiga muyassar bo'lgan barcha murabbiylar va texnik xodimlarga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Har biringiz faoliyatim va hayotimda doimo alohida o'rin tutasiz.
Menga ushbu libosni kiyish imkoniyatini bergan Joze Mourinyuga alohida minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, Daniele De Rossi, Ivan Yurich va Klaudio Ranieriga menga o'rgatgan barcha narsalari, ishonchi va qo'llab-quvvatlashlari uchun rahmat aytaman.
Yakunda Jan Pyero Gasperiniga alohida minnatdorchilik izhor qilmoqchiman. Garchi biz birga uzoq vaqt ishlamagan bo'lsak-da, uning menga ko'rsatgan ishonchi, samimiyligi va hurmati men uchun juda ko'p narsani anglatadi. Unga doimo minnatdor bo'laman.
Endi faoliyatimda yangi sahifa ochish vaqti keldi. Ammo bu klub, bu shahar va barchangiz doimo qalbimda qolasiz. «Roma»ga munosib muvaffaqiyatlarga erishishda davom etishini tilayman. Barchasi uchun katta rahmat. Zeki Chelik».
💰 Mikele De Blazis: Futbolchi «Yuventus»da mavsumiga 4 million yevro maosh oladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!