Gonzalo Tortosa «Sevilla» transferlari bo'yicha so'nggi ma'lumotlarni taqdim etdi:
• Fran Gonsales «Sevilla» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini to'liq kelishib oldi, ammo klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Agar transfer amalga oshsa, Alberto Flores bir yilga ijaraga beriladi va unga qiziqish bildirayotgan klublar allaqachon mavjud.
• Xordan, Pedrosa, Mir, Gattoni va Kardoso jamoadan alohida shug'ullanishda davom etmoqda, klub o'z qarorini o'zgartirgani yo'q. Ayrim futbolchilar bo'yicha boshqa klublar bilan muzokaralarda siljish bor, ammo bu hali boshlang'ich bosqichda.
• Edjuke jamoadan chetlatilmagan, biroq klub futbolchiga transferi uchun tovon puli to'lashga tayyor bo'lgan boshqa jamoa taklifini qabul qilishi uchun bosim o'tkazmoqda. Hozircha u taklifga rozi bo'lmadi, ammo klub Chidera shu hafta jamoani tark etishiga umid qilmoqda.
• Adams va Nyanzu ketganidan so'ng, «Sevilla» Vargasni (uni qayta ro'yxatdan o'tkazish kerak) va deyarli barcha yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkaza oladi, ammo bu baribir yetarli emas, yana ketishlar yoki sotuvlar talab etiladi.
• Ayni damda klub hujumchi sotib olish ustida faol ishlamoqda. Asosiy nomzod hali matbuotda tilga olinmagan, ammo maqsad 15-avgustga qadar, ya'ni «Rayo»ga qarshi o'yingacha kelishuvni yopishdan iborat.