Atletiko Madrid Barselonani Xulian Alvares bo'yicha FIFAga shikoyat qildi
Atletiko Madrid Barselonani Xulian Alvares bo'yicha FIFAga shikoyat qildi. Kataloniyaliklar apellyatsiya berishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
🚨 "Barselona" RFEF va FIFA'dan Madridning "Atletiko" klubi tomonidan berilgan shikoyat yuzasidan xabarnoma oldi. Unda kataloniyaliklar Xulian Alvaresni o'z tomoniga og'dirishga urinishda ayblanmoqda.
🔴 Kataloniyaliklar apellyatsiya berishga tayyorgarlik ko'rmoqda va ayni damda vaziyatni hamda muddatlarni o'rganib chiqmoqda.
👔 Xil Marin shikoyatni imzoladi va quyidagi asoslarni keltirdi:
1. "Klubning futbolchi bilan taxminiy muzokaralari".
2. Shuningdek, u Xulian Alvaresning jahon chempionati vaqtida aytgan ommaviy bayonotlaridan noroziligini bildirgan. U futbolchining Argentina terma jamoasi safida bo'lgan vaqtida aytgan bu so'zlari ortida "Barselona" turgan deb hisoblaydi.
📝 JijantesFC & COPE