Givayro Rid vi.nl nashriga bergan intervyusida o'z transferi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi:
Nima bo'lishini o'zim ham bilmayman. Aslida, hozir nimalar bo'layotganidan ham to'liq xabardor emasman va bu ataylab qilingan. Agentlarim diqqatimni faqat futbolga va yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishga qaratishim uchun ko'p narsani mendan yashirishmoqda. Nima bo'lishini ko'ramiz. Agar menga yoqadigan joydan taklif bo'lsa, tayyor bo'laman. Hozir yana formadaman, jismonan va ruhan o'zimni kuchli his qilyapman. Keyingi qadam – buni maydonda ko'rsatish. Bu mavsumdagi asosiy maqsadim – formada qolish va yaxshi o'yin ko'rsatish. Futbolda hamma narsa qanchalik tez o'zgarib ketishi mumkinligini ko'rganman. Jarohatdan tuzaldim deb o'ylaysiz, keyin esa yana bir qadam orqaga tashlashga to'g'ri keladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!