#Cadena SER — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Roma chap qanot hujumchisi izlamoqda
АS ROMA ↗ Transfer

Roma chap qanot hujumchisi izlamoqda

Roma chap qanot vingeri izlamoqda. Antonio Nusa asosiy maqsad, biroq klub Jeymi Leveling variantini ham ko'rib chiqmoqda.

Oldindagi hafta Roma uchun transfer oynasidagi hal qiluvchi pallaga aylanadi. Klub ayniqsa chap qanot vingeri pozitsiyasini kuchaytirish ustida ishlamoqda.

Corsera xabariga ko'ra, bu hafta Antonio Nusa transferi bo'yicha yakuniy qaror qabul qilinadi. Toni D'Amiko va Jan Pero Gasperini norvegiyalik futbolchini asosiy nishon sifatida ko'rmoqda. Nusa poytaxt klubiga o'tishga moyillik bildirgan bo'lsa-da, Leyptsig o'z futbolchisi uchun 60 million yevro talab qilmoqda. Roma nemis klubi talablarini qondira oladimi yoki yo'q, buni aniqlash uchun bir necha soat vaqt ajratgan.

Shu sababli, Jallorossilar rahbariyati muqobil variantlar ustida ham ishlamoqda. Corriere della Sera ma'lumotiga ko'ra, Shtutgart hujumchisi Jeymi Leveling nomzodi jiddiy ko'rib chiqilmoqda. 25 yoshli futbolchi har ikki qanotda birdek harakat qila oladi va tezligi hamda universalligi bilan ajralib turadi. Biroq, bu transfer ham qimmatga tushishi mumkin: Shtutgart o'z o'yinchisini taxminan 50 million yevroga baholamoqda.

Agar Roma Leyptsig bilan kelishuvga erisha olmasa, Bundesligadagi boshqa variantlarga, xususan Levelingga e'tibor qaratishi mumkin. Brentfordin Kevin Shade ham nomzodlar qatorida, ammo Nusa hanuzgacha asosiy maqsad bo'lib qolmoqda. D'Amiko shu hafta ichida yakuniy qarorga kelishi kutilmoqda.

Real Madrid Ferlan Mendi bilan shartnomani bekor qilmoqchi

Real Madrid Ferlan Mendi bilan shartnomani bekor qilmoqchi

Cadena SER xabariga ko'ra, «Real» Ferlan Mendi bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilmoqchi. Klub futbolchiga tovon puli taklif qilgan.

🛑 Cadena SER xabariga ko'ra, «Real» Eden Azar va Dani Sebalos bilan bo'lgani kabi, Ferlan Mendi bilan ham shartnomani muddatidan avval bekor qilmoqchi.

Klub allaqachon himoyachiga moliyaviy tovon puli taklif qilgan.

Mendining tez-tez jarohat olib turishi vaziyatni murakkablashtirmoqda, shu sababli hozirgi vaqtda hech qaysi klub futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmayapti.

O'ng ustun yangiliklari