Real Madrid rahbariyati Rodrini jamoada ko'rmoqchi, ammo Peres qarshi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 12

Real Madrid rahbariyati Rodrini jamoada ko'rmoqchi, ammo Peres qarshi

📻 Cadena SER xabariga ko'ra, "Real Madrid" rahbariyati joriy yozda Rodrini sotib olmoqchi. Ular madridlik futbolchi, jahon chempioni va Ispaniya terma jamoasi sardorini jamoaga qo'shib olish klub uchun foydali bo'lishiga ishonishmoqda.

"Qirollik klubi" direktorlar kengashi tarkibda ispaniyalik futbolchilar ko'proq bo'lishini istaydi, chunki Ispaniya terma jamoasi mundialda eng dominant futbolni namoyish etdi. Klubdagilar milliy jamoada "Real" vakillari ko'proq bo'lishi kerak deb hisoblashadi.

Biroq, Florentino Peres hamon 30 yoshli tayanch yarim himoyachisining transferiga to'sqinlik qilmoqda.

📝 Fabrisio Romano xabariga ko'ra: "Rodrining transferi "Real"ga unchalik katta mablag'ga tushmasdi. Yarim himoyachi hamon madridliklardan qo'ng'iroq kutmoqda, ammo Peres u bilan shartnoma imzolashni istamayapti. Shunga qaramay, agar boshqa rahbarlar Peresni ushbu bitim zarurligiga ishontira olsa, "Real Madrid" Rodrini xarid qilishi mumkin".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!