Rodri "Real Madrid"ga o'tishi mumkin
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 9

Rodri "Real Madrid"ga o'tishi mumkin

📰 Marca nashrining bugungi soni muqovasi:

"Yashil chiroq [Rodri uchun]"

"Real Madrid" Rodrini tarkibga qo'shib olish jarayonini boshladi. Yarim himoyachi Diomande transferidan keyin jamoaning navbatdagi yangi futbolchisiga aylanadi. Kecha u bel qismidagi kichik jarohat sabab operatsiya qilindi.

📰 AS ma'lumotiga ko'ra, Rodri "PSJ"ga o'tishni rejalashtirmayapti, garchi parijliklar u bilan bog'langan bo'lsa ham.

30 yoshli tayanch yarim himoyachisi "PSJ"ning qiziqishiga "Yo'q, rahmat" deb javob bergan. Rodri hatto Fransiya klubining taklifini eshitishni ham istamadi.

📻 Cadena SER xabariga ko'ra, Rodrining "Real Madrid"ga o'tish ehtimoli ortib bormoqda. Klub uning transferi bo'yicha operatsiyani faollashtirdi, bu esa JChga qadar imkonsiz deb hisoblanar edi.

📻 M. Riko (Cope jurnalisti): "Madrid" yozgi transfer bozorida aqlli harakat qilmoqda. Ammo aynan Rodri jamoa uchun yetishmayotgan bo'g'in. U jamoaga impuls bera oladigan sanoqli yarim himoyachilardan biri. Shu sababli, "Madrid"ning Rodrini qo'lga kiritishni istashi tabiiy hol".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!