Rodri transferi bo'yicha mish-mishlar rad etildi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 15

Rodri transferi bo'yicha mish-mishlar rad etildi

📰 AS xabariga ko'ra, "Manchester Siti" klubi "Real Madrid"dan Rodri bo'yicha hech qanday taklif olmaganini ma'lum qildi. "Qirollik klubi" ham yarim himoyachi transferi bo'yicha muzokaralar olib borilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

"Real Madrid" va "shaharliklar" o'rtasidagi munosabatlar juda yaxshi. Shu sababli, agar "Madrid" Rodrini sotib olishga qaror qilsa, avvalo "Manchester Siti" bilan bog'lanadi.

Ayni damda "Manchester Siti" Ispaniya terma jamoasi sardorining kelajagi borasida xotirjamlikni saqlab qolmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!