📰 AS xabariga ko'ra, Madrid klubi Vinisius Juniorning kelajagi borasida imkon qadar tezroq aniqlik kiritmoqchi. Madridliklar kelasi mavsumda ushbu mavzu atrofidagi mish-mishlar bilan shug'ullanishni istashmayapti.
Shu bois, 26 yoshli futbolchi kelasi yili yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirishi yoki sotuvga qo'yilishi kerak.
📻 Cadena SER ma'lumotiga ko'ra, Madrid klubida Vinisiusning kelajagi aynan uning o'ziga bog'liq deb hisoblashmoqda. Madridliklar allaqachon vitse-sardorga o'rinbosar sifatida Diomandeni imzolab qo'yishgan, bu esa futbolchi shartnomani uzaytirmagan taqdirda qo'llaniladi.
Arsenal rostdan ham Vinisiusga qiziqish bildirmoqda. Shu sababli, Diomandening transferi yakunda braziliyalik futbolchining Madridni tark etishiga olib kelishi istisno qilinmayapti.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!