Roma chap qanot hujumchisi izlamoqda
Roma chap qanot vingeri izlamoqda. Antonio Nusa asosiy maqsad, biroq klub Jeymi Leveling variantini ham ko'rib chiqmoqda.
Oldindagi hafta Roma uchun transfer oynasidagi hal qiluvchi pallaga aylanadi. Klub ayniqsa chap qanot vingeri pozitsiyasini kuchaytirish ustida ishlamoqda.
Corsera xabariga ko'ra, bu hafta Antonio Nusa transferi bo'yicha yakuniy qaror qabul qilinadi. Toni D'Amiko va Jan Pero Gasperini norvegiyalik futbolchini asosiy nishon sifatida ko'rmoqda. Nusa poytaxt klubiga o'tishga moyillik bildirgan bo'lsa-da, Leyptsig o'z futbolchisi uchun 60 million yevro talab qilmoqda. Roma nemis klubi talablarini qondira oladimi yoki yo'q, buni aniqlash uchun bir necha soat vaqt ajratgan.
Shu sababli, Jallorossilar rahbariyati muqobil variantlar ustida ham ishlamoqda. Corriere della Sera ma'lumotiga ko'ra, Shtutgart hujumchisi Jeymi Leveling nomzodi jiddiy ko'rib chiqilmoqda. 25 yoshli futbolchi har ikki qanotda birdek harakat qila oladi va tezligi hamda universalligi bilan ajralib turadi. Biroq, bu transfer ham qimmatga tushishi mumkin: Shtutgart o'z o'yinchisini taxminan 50 million yevroga baholamoqda.
Agar Roma Leyptsig bilan kelishuvga erisha olmasa, Bundesligadagi boshqa variantlarga, xususan Levelingga e'tibor qaratishi mumkin. Brentfordin Kevin Shade ham nomzodlar qatorida, ammo Nusa hanuzgacha asosiy maqsad bo'lib qolmoqda. D'Amiko shu hafta ichida yakuniy qarorga kelishi kutilmoqda.