Yurrien Timber umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi
Yurrien Timber jarohatdan so'ng "Arsenal"ning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.
Yurrien Timber umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.
Bugungi mashg'ulotdan olingan suratlar.
Yurrien Timber jarohatdan so'ng "Arsenal"ning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.
Yurrien Timber umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.
Bugungi mashg'ulotdan olingan suratlar.
Chelsi futbolchilarining yangi mavsum uchun taqsimlangan o'yin raqamlari e'lon qilindi. Mixail Mudrikka esa hozircha raqam biriktirilmagan.
Chelsi futbolchilarining yangi mavsum uchun taqsimlangan o'yin raqamlari e'lon qilindi. Ro'yxatda yangi kelgan futbolchilarning raqamlari ham o'rin olgan.
Mixail Mudrikka esa hozircha raqam biriktirilmagan.
MEN nashri jurnalisti Tayron Marshall xabariga ko'ra, Lisandro Martines, Kobbi Maynu va Markus Reshford yaqin orada safga qaytadi.
MEN nashri jurnalisti Tayron Marshall xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted»ning bir qator futbolchilari yaqin orada jamoa mashg'ulotlariga qaytadi.
Lisandro Martines, Kobbi Maynu va Markus Reshford «PSJ»ga qarshi o'yindan so'ng tarkibga qaytishadi.
The Athletic nashri jurnalisti Saymon Jonson "Chelsi"ning yangi transfer siyosati va tajribali o'yinchilarga bo'lgan ehtiyoji haqida ma'lumot berdi.
The Athletic nashri jurnalisti Saymon Jonson "Chelsi" o'z transfer siyosatini nima uchun o'zgartirgani va nima sababdan Premer-liga tajribali o'yinchilariga ishonch bildirayotgani haqida fikr bildirdi:
BlueCo allaqachon jamoani tajribali futbolchilar atrofida qurishga uringan edi. 2022-yil yozida klub Rahim Sterling, Kalidu Kulibali va Pyer-Emerik Obameyangni tarkibga qo'shib olgandi, biroq ularning hech biri kutgan natijani bermadi.
Uchlikning muvaffaqiyatsizligi BlueCo 2023-yil yanvarida strategiyasini o'zgartirishiga asosiy sabab bo'ldi. Klub butunlay yosh futbolchilarga e'tibor qaratdi, ammo bu yondashuv ham kutilgan samarani bermadi. Jamoa APLda oltinchi, to'rtinchi va o'ninchi o'rinlarni egalladi, garchi Konferensiyalar ligasi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozongan bo'lsa ham.
Danni Uelbek va Jordan Xendersonning transferi "Chelsi" transfer strategiyasidagi ongli burilishdir. Klub jamoaga tajriba, yetakchilik qobiliyati va hissiy yetuklik yetishmayotgani to'g'risida xulosaga keldi, shu bois bu yozda faqat yoshlarga emas, balki tajribali o'yinchilarga ham urg'u berildi.
BlueCo o'z modelini tuzatish zarurligini tan oldi. Bahorda Behdad Egbali loyihaga yoshlik va tajriba o'rtasidagi muvozanatni topish hamda jamoani yangi bosqichga olib chiqish uchun ko'proq tayyor futbolchilar kerakligini aytgandi.
Klubdagi manbalar ma'lumotiga ko'ra, Liam Rosenyor tayinlangandan so'ng darhol o'yinchilarga hissiy yetuklik yetishmayotganini ko'rsatib o'tdi. Uning fikricha, hakamlarning bahsli qarorlaridan yoki o'tkazib yuborilgan gollardan so'ng jamoa 10-15 daqiqaga konsentratsiyani yo'qotardi, bu esa ko'pincha natijaga ta'sir qilardi.
"Chelsi"da intizomni ham jiddiy muammo deb hisoblashadi. So'nggi uch mavsumda klub APLda Fair Play reytingi bo'yicha ikki marta eng yomon jamoa bo'ldi va bir marta qatordan oldingi o'rinni egalladi. Hatto jamoa yetakchilari ham muntazam ravishda keraksiz kartochkalar olishardi.
Xabi Alonso bilan muzokaralar chog'ida tomonlar jamoaga ko'proq "ruhiy jihatdan kuchli yigitlar" kerakligi borasida kelishib olishdi. Ispaniyalik mutaxassis jamoa ichida sog'lom muhitni shakllantirish uchun yosh va tajribali o'yinchilar o'rtasidagi to'g'ri muvozanat muhimligini ta'kidladi.
Yosh asosiy mezon emas. "Chelsi" kuchli xarakter va to'g'ri mentalitetga ega tayyor o'yinchilarni qidirmoqda. Aynan shu sababdan klub Maksans Lakrua, Morgan Rojers va Marko Palestra transferlarini, yoshlariga qaramay, maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
"Chelsi" Xendersonni kiyinish xonasidagi yetakchi sifatida ko'rmoqda. Klub uning mashg'ulotlardagi talablar darajasini ko'tarishiga, kerakli pallada gapirishdan cho'chimasligiga va professionallik namunasi bo'lishiga ishonch bildirmoqda.
Uelbek jamoaga ijobiy muhit olib kirishi kerak. U jamoani birlashtirish, sheriklarini qo'llab-quvvatlash va kiyinish xonasida to'g'ri muhit yaratish qobiliyati uchun qadrlanadi.
Xenderson o'tishidan oldin "Chelsi" Granit Jakani qo'lga kiritishga uringan, shuningdek, Jon Stounz bo'yicha ham so'rov yuborgandi. "Sanderlend" o'z sardorini sotishdan qat'iy bosh tortdi, Stounz esa "Inter"ga o'tishni ma'qul ko'rdi. Shundan so'ng klub ingliz futbolchisiga e'tiborini qaratdi.
"Chelsi"da Xenderson va Uelbekning klubdagi bir necha mavsumi ham ularning transferini to'liq oqlashiga ishonishadi. Rahbariyat ular kiyinish xonasiga yetakchilik fazilatlari, ijobiy muhit olib kirishiga va o'z tajribalari bilan yosh futbolchilarga yordam berishiga umid qilmoqda.
Xenderson va Uelbekning kelishi Ris Jeymsning sardorlik maqomiga ta'sir qilmaydi. Klubda ta'kidlashlaricha, kamgap bo'lishiga qaramay, Jeyms kiyinish xonasida hurmatga ega va uning yonida yana bir nechta yetakchilar paydo bo'lishi jamoaga faqat foyda keltiradi.
"Chelsi" 30 yoshdan oshgan o'yinchilarni xarid qilishni istisno etmaydi, biroq buni doimiy amaliyotga aylantirmoqchi emas. Klub o'z transfer strategiyasini qayta ko'rib chiqishga va natijalarga qarab moslashishga tayyor.
Kiran Gill xabariga ko'ra, Xabi Alonso «Chelsi» rahbariyati va futbolchilari tomonidan yuqori baholanmoqda.
Kiran Gill xabariga ko'ra, klub sport direktorlari va Egbāli Xabi Alonso bilan ishlashdan mamnun.
Futbolchilarga ham murabbiyning uslubi yoqmoqda: Xabi mashg'ulotlarda faol ishtirok etadi va mashqlarni qanday bajarish kerakligini o'zi to'p bilan ko'rsatib beradi.
Umuman olganda, barcha tomonlar hamkorlikdan qoniqish hosil qilmoqda.
«Milan» Avstraliyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda. Leau va Nkunku safga qaytdi, Leauning transferi atrofidagi mish-mishlar esa davom etmoqda.
Avstraliyadan yaxshi yangiliklar! «Milan» yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Leau va Gonsalu Ramush ikkinchi kun ketma-ket umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazishmoqda va «Inter»ga qarshi o'yinda maydonga tushishlari mumkin.
Kristofer Nkunku to'liq tiklanib oldi.
Mario Gila mushaklaridagi jarohatni davolashda davom etmoqda, Samuele Richchi esa bodomsimon bezlar shamollashidan so'ng tiklanish jarayonini o'tkazmoqda.
Ruben Amorim hamon taktik ishlarga asosiy e'tiborni qaratmoqda va jamoani «Inter» hamda «Chelsi»ga qarshi yaqinlashib kelayotgan o'yinlarga tayyorlamoqda.
Shu bilan birga, Leauning kelajagi ochiqligicha qolmoqda — «Fenerbaxche» yangi taklif tayyorlamoqda, «Galatasaroy» esa vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda.
Maks Douman "Arsenal" muxlislari talqiniga ko'ra o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Maks Douman "Arsenal" muxlislari ovoz berishiga ko'ra o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi 💫
Xorxe Kastilyoning "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindagi statistikasi va o'tgan yilgi shartnoma tafsilotlari.
📊 Xorxe Kastilyoning "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindagi ko'rsatkichlari:
- 61 daqiqa
- 6 ta to'p qaytarish
- 4 ta yutilgan yer kurashi
- 4 ta ishlangan fol
- 1 ta yaratilgan vaziyat
- 3 ta oldinga uzatma
O'tgan yili u "Real" taklifini rad etib, shartnomasini uzaytirishga qaror qilgandi. O'sha vaqtda xabar qilinishicha, ushbu bitim klub uchun akademiyadagi Pablo Barrios shartnomasidan ham qimmatroqqa tushgan.
Inter o'rtoqlik o'yinida Manchester City'ni penaltilar seriyasida mag'lub etdi. Asosiy vaqtda hisob 1:1 bo'ldi.
"Inter" o'rtoqlik uchrashuvida "Manchester City" ustidan g'alaba qozondi.
Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa 1:3 hisobi qayd etildi. Asosiy vaqtda Benjamen Pavar gol urdi, penaltilar seriyasida esa Zelinski, Moskoni va Lavelli o'z zarbalarini aniq amalga oshirishdi. Davide Frattezi esa penaltidan unumli foydalana olmadi.
Matias Yayssle «Nyukasl» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Fabrisio Romano xabariga ko'ra, tomonlar 2030-yilgacha mo'ljallangan shartnomani imzolashdi.
🚨 Matias Yayssle «Nyukasl» bilan shartnoma imzoladi va klubning yangi bosh murabbiyiga aylandi.
Kelishuv 2030-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. «Nyukasl» germaniyalik mutaxassisning transferi uchun «Al-Ahli»ga 11 million yevro tovon puli to'laydi.
🎖 Fabrisio Romano
Federiko Kyeza jamoaviy mashg'ulotlarga qaytgan bo'lsa, Jeremi Jaket mashg'ulotlarda ko'rinish bermadi.
Federiko Kyeza mashg'ulotlarga qaytdi.
🤔Jeremi Jaket mashg'ulotlarda ishtirok etmayapti.
Mixail Mudrikning antidoping qoidalari bo'yicha diskvalifikatsiyasi bekor qilindi. Futbolchi jamoaning Gonkongdagi yig'iniga qo'shilishi kutilmoqda.
🚨 Mixail Mudrikning antidoping qoidalarini buzgani bo'yicha diskvalifikatsiyasi bekor qilindi.
FA intizomiy ish yakunlanganini tasdiqladi.
Mudrik jamoaning Gonkongdagi yig'iniga qo'shilishi kutilmoqda.
Karney Chukwuemeka unga nisbatan qo'llanilgan to'rt yillik diskvalifikatsiya bekor qilinganini va futbolga qaytayotganini ma'lum qildi.
Karney Chukwuemeka o'z ijtimoiy tarmoqlarida diskvalifikatsiyasi bekor qilingani haqida rasmiy bayonot berdi:
Uzoq davom etgan kurashdan so'ng, menga nisbatan qo'llanilgan to'rt yillik diskvalifikatsiya bekor qilindi. Endi darhol faoliyatimni davom ettirishim mumkin. Ushbu jarayon nihoyasiga yetganidan, futbolga qaytishimga ruxsat berilganidan va kelajakka ishonch bilan qarashim mumkinligidan minnatdorman.
Bu faoliyatimdagi eng og'ir davr bo'ldi. Ish boshlanganidan buyon hech qachon ongli yoki qasddan taqiqlangan moddalarni qabul qilmaganimni ta'kidlab kelganman. Men uchun har doim halol raqobatlashish, professional bo'lib qolish va klub hamda mamlakat sharafini munosib himoya qilish muhim bo'lgan.
Oila a'zolarim va do'stlarimga shu vaqt davomida meni qo'llab-quvvatlagani va menga ishongani uchun minnatdorchilik bildiraman. "Chelsi"dagi barchaga: jamoadoshlarim va yonimda bo'lgan muxlislarga katta rahmat aytaman. Shuningdek, yuridik jamoamga va bu ishda menga yordam bergan barchaga tinimsiz mehnatlari uchun minnatdorman.
Endi bor e'tiborimni futbolga qaytishga, kundalik mashg'ulotlarga va maydonda jamoamga foyda keltirish istagiga qarataman. Menga ishonishda davom etgan barchaga rahmat. Faoliyatimning yangi bobini boshlashni intiqlik bilan kutyapman.
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) Mixail Mudrikka nisbatan barcha ayblovlar olib tashlanganini ma'lum qildi. Futbolchi jamoasiga Gonkongda qo'shiladi.
FA Mixail Mudrikka nisbatan barcha ayblovlar olib tashlanganini e'lon qildi.
Misha Gonkongda "Chelsi" safiga qo'shiladi.
FA "Chelsi"ga nisbatan qo'llanilgan olti ochkoni olib tashlash jazosini bekor qildi. Klub 10 million funt sterling miqdorida jarima to'laydi.
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) rasmiy bayonotiga ko'ra, "Chelsi" klubiga nisbatan dastlabki jazo choralari ancha qat'iy bo'lgan.
"Chelsi" E1.2 qoidasini 74 marta buzgan (agentlar bilan ishlash va transfer jarayonlari bo'yicha). FA dastlab "Chelsi"ni 10 million funt sterling miqdorida jarimaga tortish, shartli ravishda transfer taqiqi qo'yish va olti ochkoni olib tashlashga qaror qilgan edi (bu jazo joriy mavsumda emas, kelgusi mavsumda qo'llanilishi mumkin edi).
Klub ushbu qarordan so'ng apellyatsiya berdi va barcha qoidabuzarliklar avvalgi rahbariyat davrida sodir etilganini, yangi egalari esa bu haqda o'zlari xabar berganini ta'kidladi.
FA apellyatsiyani qanoatlantirdi va olti ochkoni olib tashlash bekor qilindi. Jarima esa o'z kuchida qolmoqda, chunki "Chelsi" uni rad etmagan.
Daily Mail nashri "Chelsi"ning Avstraliyadagi mavsumoldi yig'ini va Xabi Alonsoning mashg'ulotlardagi uslubi haqida qiziqarli tafsilotlarni bo'lishdi.
Daily Mail nashri jurnalisti Kiran Gill "Chelsi"ning Avstraliyadagi mavsumoldi yig'ini jarayonidan qiziqarli ma'lumotlarni bo'lishdi:
🔹Avstraliyaga uchib ketishdan oldin Xabi Alonso Kobbemdagi mashg'ulot bazasida klub xodimlari uchun o'yin tashkil qildi. Bir jamoada u bilan birga kelgan mutaxassislar, ikkinchisida esa asosiy jamoa bilan ishlagan xodimlar maydonga tushdi. 7x7 formatidagi bahsda Alonso jamoasi g'alaba qozondi. Manbalarga ko'ra, ispaniyalik murabbiy bir necha bor golli uzatmalarni amalga oshirgan.
🔹Alonso "Chelsi" futbolchilarida katta taassurot qoldirmoqda. O'yinchilarning so'zlariga ko'ra, u mashg'ulotlarda hamon yuqori texnikani namoyish etmoqda va mashqlarni mayda xatolar uchun to'xtatmay, ularni o'yin sharoitiga maksimal darajada yaqinlashtirishga harakat qilmoqda.
🔹Alonso mashg'ulot jarayonidagi detallarga qattiq e'tibor qaratadi. Masalan, mashg'ulotlardan birida u Romeo Laviaga to'pni qabul qilishdan oldin atrofni tez-tez kuzatib borishni maslahat berdi.
🔹"Chelsi" Avstraliya vaqt mintaqasiga moslashishga jiddiy yondashdi. O'yinchilarni mahalliy vaqtga o'tkazish Londondan parvoz paytidayoq boshlangan, yo'lda esa jamoa qisqa mashqlar uchun Shri-Lankada to'xtagan.
🔹Alonso haftasiga uch marta 10 kilometr masofaga yugurishni odat qilgan. Sidneyda ham u o'z odatiga sodiq qolib, hatto golf o'ynashga ham vaqt topdi.
🔹"Chelsi"ning ochiq mashg'ulotiga 5 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurdi. Muxlislardan biri Robert Sanchesga bag'ishlangan plakat ko'tarib chiqqan: "Robert Sanches Titanikni qutqara olardi".
🔹Mashg'ulotning asosiy qahramoni Alonso bo'ldi. Yakuniy hushtakdan so'ng u 25 metrlar masofadan to'pni darvozaga yo'llab, muxlislarning olqishiga sazovor bo'ldi.
🔹Sidney bazasidagi Wi-Fi paroli "Football Is Coming Home" iborasidan iborat edi. Aynan shu yozuv yonida Levi Kolvill va Koul Palmer Angliya terma jamoasining JCh qaydnomasiga kirmaganliklari haqida intervyu berishdi.
🔹Koul Palmer jurnalistlar bilan muloqot qilish uchun o'zi tashabbus ko'rsatgan. U o'zining yaqin do'sti Rojers haqida ham gapirib o'tdi. Klubda 2026/27 yilgi mavsum Palmer uchun avvalgisidan ko'ra muvaffaqiyatliroq o'tishiga umid qilishmoqda.
🔹Birinchi jamoa bilan birga akademiyaning yosh tarbiyalanuvchilari, jumladan 16 yoshli Reji Uotson va Mahdi Nikoll-Jazuli ham Avstraliyaga yo'l olishdi. Murabbiylar shtabi o'smirlar bo'sh vaqtini telefonda o'tkazmasligi uchun qayiqda sayr kabi turli tadbirlar tashkil etdi.
🔹Tajribali futbolchilar esa homiylar oldidagi majburiyatlarni bajarishdi. Levi Kolvill, Aaron Anselmino va Tosin Adarabioyo Bondi-Bich plyajiga tashrif buyurishdi. Koul Palmer, Joao Pedro, Dariu Essugu va Liam Delap esa TMGM shtab-kvartirasida savol-javob sessiyasida qatnashishdi.
🔹Klub ichida Mixail Mudrikning qaytishi ijobiy qabul qilindi. Futbolchilar uning diskvalifikatsiyasi bekor qilinganini muhokama qilishmoqda va vingerning ikki yillik tanaffusdan so'ng yana maydonga qaytishidan xursand.
Aleksandr Syorlot yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda. U «Manchester Siti»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
🚨 Marca xabariga ko'ra, Aleksandr Syorlot yangi mavsum boshida hujum chizig'ida to'liq tayyor bo'lishi uchun maxsus fitnes dasturini boshladi.
Shuningdek, futbolchi «Manchester Siti»ga qarshi o'rtoqlik o'yini uchun jamoa bilan birga safarga bormasligi kutilmoqda.
Vinisius Junior, Bernardo Silva va Braim Dias tibbiy ko'rikdan o'tib, jamoa mashg'ulotlariga qo'shilishdi.
Vinisius Junior, Bernardo Silva va Braim Dias tibbiy ko'rikdan o'tib, jamoa mashg'ulotlariga qo'shilishdi. ✔️
"Chelsi"ning standart vaziyatlar bo'yicha yangi murabbiyi Ostin Makfi jamoaga Gonkongda qo'shiladi.
⛳️ "Chelsi"ning standart vaziyatlar bo'yicha yangi murabbiyi Ostin Makfi jamoaga Gonkongda qo'shiladi.
Marca xabariga ko'ra, Juliano Simeone ta'tili 10-avgustga qadar davom etishiga qaramay, mavsumoldi tayyorgarligini muddatidan oldin boshlaydi.
Marca xabariga ko'ra, Juliano Simeone ta'tili 10-avgustga qadar davom etishiga qaramay, mavsumoldi tayyorgarligini muddatidan oldin boshlaydi. ❗
U jamoa bilan «Manchester Siti»ga qarshi o'yinga bormaydi va bazada qolib, individual jismoniy dastur asosida shug'ullanadi.
FPT kompaniyasi "Chelsi" bilan hamkorlikni yakunladi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 15 oy davom etdi.
FPT kompaniyasi "Chelsi" bilan bir mavsumga mo'ljallangan yeng homiyligi shartnomasini imzolagan edi. Ushbu kelishuv doirasida kompaniya bir yil uchun 17,5 million funt sterling to'lagan.
Keyinchalik Vetnam texnologiya kompaniyasi klubning global hamkoriga aylanishi kerak edi. Bu hamkorlik amalga oshdi, ammo uzoq davom etmadi – atigi uch oy.
Umumiy hisobda FPT "Chelsi" homiysi sifatida 15 oy faoliyat yuritdi. Hamkorlik to'xtatilishining sabablari hozircha ochiqlanmagan.
Vinay Venkatesham Tottenxemda yangi boshqaruv tizimini joriy etmoqda. Klub transfer bozorida faol ishlamoqda va tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.
• Vinay Venkatesham klub ichidagi xodimlarning vakolatlarini kengaytirish va so'nggi 24 yil davomida Tottenxemda mavjud bo'lgan qat'iy ierarxik tuzilmadan voz kechishga intilmoqda.
Klubning sobiq raisi Deniel Levi eng yuqori darajadagi qarorlarni qabul qilishdan tortib, o'z vakolatlari doirasidan tashqaridagi masalalarni mikroboshqaruv qilishgacha bo'lgan deyarli barcha jarayonlarga aralashgan.
• Vinay Venkateshamning Premer-ligadagi ko'p yillik faoliyati uning Vest Xem va Nyukasl kabi klublarda yaxshi aloqalarga ega ekanligini anglatadi. Bu esa Tottenxemga klub tarixidagi rekord darajadagi transferlar — Mateush Fernandesh va Sandro Tonali bo'yicha bitimlarni yakunlashga yaqinlashishga yordam berdi.
• Roberto De Dzerbi Lukas Bergvallning Tottenxemda qolishini istaydi va aynan shu sababli unga mavsumoldi turnesi davomida ko'p o'yin vaqti berdi.
• Tottenxemning Yangi Zelandiya va Avstraliyadagi turnesidan so'ng, klub xorijda yana bir nechta o'yin o'tkazish bo'yicha takliflar oldi, biroq De Dzerbi bu yetarli ekanligini aniq tushuntirdi.
• Luka Uilyams-Barnett turne davomida o'zini ko'rsatganidan so'ng, kelayotgan mavsumda akademiya tarkibining asosiy o'yinchisiga aylanishi kutilmoqda.
U 18 yoshga to'lguniga qadar, ya'ni kamida yanvar oyidagi transfer oynasigacha ijaraga berilishi mumkin emas. U Tottenxem yoshlar jamoasidagi yoshi katta o'yinchilarning ketishidan foyda ko'rishi mumkin.
• Tottenxemning transfer bozoridagi faolligi pasaymayapti.
Jeyms Pirs xabariga ko'ra, Liverpul futbolchilari Munyos, Alisson va Mak Allister Jahon chempionatidan so'ng jamoa mashg'ulotlariga qaytishmoqda.
Jeyms Pirs xabariga ko'ra, Munyos Jahon chempionatidan keyingi ta'tilini qisqartirib, kelasi haftada Liverpul mashg'ulotlariga qo'shiladi. Alisson ham yaqin vaqt ichida Kirkbiga qaytadi.
Mak Allister esa 9-avgust kuni jamoa safiga qaytadi. Bu sana futbolchi uchun Jahon chempionati finalidan keyin klub tomonidan berilgan uch haftalik ta'til tugaganidan roppa-rosa uch hafta o'tib amalga oshadi.
Manchester United Snapdragon Cup turniri g'olibi bo'ldi. Jamoa hal qiluvchi bahsda Atletiko ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Manchester United Snapdragon Cup turniri g'olibi bo'ldi. Jamoa hal qiluvchi bahsda Atletiko ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Robert Sanches kichik jarohati sababli navbatdagi o'yinda ishtirok eta olmaydi. Darvozabon jamoasini stadiondan kuzatib boradi.
Bobby Vincent xabariga ko'ra, Robert Sanches kichik jarohati sababli bugungi o'yinda maydonga tusha olmaydi. Darvozabon jamoasini stadiondan kuzatib boradi. 🤕
Liverpul «Lids»ga qarshi o'yin oldidan ochiq mashg'ulot o'tkazmoqda. Federiko Kyeza safga qaytdi, Jeremi Jake esa mashg'ulotlarda ko'rinmadi.
Liverpul «Lids»ga qarshi o'yin oldidan ommaviy axborot vositalari uchun ochiq mashg'ulot o'tkazmoqda.
Kyeza jamoa bilan birga mashg'ulotlarga qaytdi, biroq Jeremi Jakeni guruhda ko'rishmadi. 😟
Vaziyat biroz xavotirli.
Eddi Xou Nyukasl Yunayted bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi. Murabbiy o'z faoliyati haqida iliq fikrlar bildirdi.
Bilasizmi, bunday damlarda biroz g'amgin bo'lib qolasan.
Agar ko'nglingiz g'ash bo'lsa, demak, inson haqida yaxshi xotiralar qolgan.
Barchasi uchun rahmat, gaffer!
Lyuis Stil Aleksandr Isak va Florian Virtsning Iraola qo'l ostidagi tayyorgarligi hamda yangi mavsumdagi roli haqida ma'lumot berdi.
Lyuis Stil Aleksandr Isakning kelgusi mavsumda jamoa uchun qanchalik muhimligi haqida maqola chop etdi. Undagi asosiy jihatlar quyidagicha:
🛑 Isak va Virts Iraolaning yangi mashg'ulotlar intensivligidan mamnun va oldinga qadam tashlashga tayyor;
🛑 Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokdan so'ng Isak mushak massasini oshirish ustida ko'p ishlamoqda. Chikagoda Isak hatto Robert Levandovski bilan uchrashishga ham ulgurdi;
🛑 Iraola Isakdan sof markaziy hujumchi sifatida, Florian Virtsdan esa hujumchiga yaqin joylashgan klassik «o'nlik» rolida foydalanmoqchi.
Eddi Xau Nyukasl Yunayted bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi. Bu haqda klub rasmiy xabar berdi.
⚡️ Eddi Xau Nyukasl Yunayted bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.
FA Mixail Mudrikning doping ishi bo'yicha yakuniy qarorni e'lon qildi. Futbolchi diskvalifikatsiyadan ozod etildi va maydonga qaytishi mumkin.
FA bayonoti:
FA Mixail Mudrikka nisbatan antidoping qoidalari buzilishi bo'yicha intizomiy ishlar Butunjahon antidoping agentligi (WADA) roziligi bilan 2026-yil 30-iyulda hal etilganini tasdiqlaydi. Ushbu kelishuv doirasida janob Mudrik antidoping qoidalarini buzganini tan oldi va diskvalifikatsiya muddatini qabul qildi.
2024-yil 22-oktyabrda janob Mudrik musobaqadan tashqari doping-nazoratdan o'tdi, unda taqiqlangan modda bo'lgan mildronatning past konsentratsiyasi aniqlandi. FA janob Mudrikni 2024-yil 4-dekabrda ushbu natija haqida xabardor qildi va vaqtinchalik chetlatishni joriy etdi. 2025-yil 23-mayda FA janob Mudrikka nisbatan 2024-yilgi Antidoping reglamentining 3 va 4-moddalari buzilganligi bo'yicha ayblovlar qo'ydi.
2026-yil 7-9-yanvar kunlari mustaqil Regulyator komissiyasi oldida tinglov bo'lib o'tdi. Regulyator komissiyasi janob Mudrik qo'yilgan ayblovlar bo'yicha qoidalarni buzganini aniqladi va to'rt yillik diskvalifikatsiya muddatini belgiladi. Keyinchalik janob Mudrik Sport arbitraj sudiga apellyatsiya berdi.
Shundan so'ng WADA texnik hujjatiga (TD2027MRL) o'zgartirishlar kiritildi. Garchi ular ortga qaytish kuchiga ega bo'lmasa-da, agar janob Mudrikning namunasi bugun olinganida, mildronat konsentratsiyasi qayd etilmasligi va qoidabuzarlik yuz bermasligi anglatardi.
Ushbu holat va ishning boshqa jihatlari munosabati bilan FA va janob Mudrik endilikda WADA roziligi bilan apellyatsiya jarayonlarini Butunjahon antidoping kodeksining 10.8.2-moddasi va 2024-yilgi Antidoping reglamentining 90-bandiga muvofiq hal qildilar. Kelishuv doirasida janob Mudrik qoidabuzarlik sodir etganini tan oldi va kelishuv sanasiga qadar o'tab bo'lingan vaqtga teng diskvalifikatsiya muddatiga rozi bo'ldi.
Janob Mudrik endilikda diskvalifikatsiya qilinmagan va zudlik bilan musobaqalarga qaytishi mumkin.
Fikr qoldirish va reaksiya uchun Telegram orqali kiring.