#Markus Reshford — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Maykl Kerrik Markus Reshfordga imkoniyat bermoqchi

Maykl Kerrik Markus Reshfordga imkoniyat bermoqchi

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Maykl Kerrik Markus Reshfordga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bermoqchi.

Fabrisio Romano xabariga ko'ra:

Maykl Kerrik Markus Reshfordga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bermoqchi.

Murabbiy futbolchining holatini, ishga bo'lgan munosabatini va motivatsiyasini shaxsan baholamoqchi. Shundan so'nggina Reshfordning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilinadi.

Entoni Gordon Markus Reshfordning unga qanday yordam bergani haqida gapirdi

Entoni Gordon Markus Reshfordning unga qanday yordam bergani haqida gapirdi

Entoni Gordon «Barselona»ga o'tishi bilan bog'liq jarayonda Markus Reshford unga qanday yordam bergani haqida gapirib o'tdi.

Markus «Barsa»ga o'tganimni ko'rishi bilan meni tabrikladi. U menga juda ko'p yordam berdi. Hozir Barselonadan uy qidiryapman, u menga klub haqida gapirib berdi. Bu men uchun juda muhim, chunki u yerda hali bo'lmaganman. Menga qiyin, chunki barcha e'tiborim terma jamoaga qaratilgan, u esa menga juda katta yordam berdi.

Reshford futbol o'ynashni juda yaxshi ko'radi. U doim to'p bilan, fintlar qiladi va hokazo. Juda yoqimli yigit, yaxshi tarbiya ko'rgan, o'zi bilishimcha, yaxshi oiladan chiqqan. Biz terma jamoada tarkibga kirish uchun raqobatlashamiz, lekin bu futbol. Yuqori saviyada doim shunday bo'ladi va bu odatiy hol, shuning uchun menda ham, ishonchim komilki, unda ham bu borada hech qanday muammo yo'q.

O'ng ustun yangiliklari

Lisandro Martines, Kobbi Maynu va Markus Reshford safga qaytmoqda

Lisandro Martines, Kobbi Maynu va Markus Reshford safga qaytmoqda

MEN nashri jurnalisti Tayron Marshall xabariga ko'ra, Lisandro Martines, Kobbi Maynu va Markus Reshford yaqin orada safga qaytadi.

MEN nashri jurnalisti Tayron Marshall xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted»ning bir qator futbolchilari yaqin orada jamoa mashg'ulotlariga qaytadi.

Lisandro Martines, Kobbi Maynu va Markus Reshford «PSJ»ga qarshi o'yindan so'ng tarkibga qaytishadi.
Iliman Ndiaye transferi atrofidagi vaziyat
Everton Zone ↗ Transfer

Iliman Ndiaye transferi atrofidagi vaziyat

Manchester United Iliman Ndiayeni transfer qilmoqchi, biroq Everton futbolchi uchun yuqori narx belgilagan.

🚨 Manchester United Iliman Ndiayeni o‘z safiga qo‘shib olishni juda istamoqda. Futbolchining o‘yini ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirmoqda. Biroq, Markus Reshford omili sababli ushbu transferni amalga oshirish qiyin kechishi mumkin.

🟣 Bir necha hafta muqaddam Aston Villa klubi ham Everton bilan Ndiaye masalasida muzokaralar olib borgan. Everton o‘z vingerini juda qimmat baholamoqda. Javob qat’iy.

Fabrizio Romano xabariga ko‘ra.
Markus Reshford: Bizga ishoning, vaqtimiz keladi

Markus Reshford: Bizga ishoning, vaqtimiz keladi

Markus Reshford Argentina bilan o'yindan so'ng jamoaning o'sishi va kelajakdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.

Markus Reshford o'zining Instagram sahifasida shunday deb yozdi:

Futbolda kafolatlangan yagona narsa bu – yo'lda uchraydigan ko'ngilsizliklardir. Argentina bilan o'yin og'ir zarba bo'ldi, ammo biz oldinga harakat qilishda davom etishimiz va terma jamoa sifatida qanchalik o'sganimizni tushunishimiz kerak.
Biz juda yaqin edik, juda yaqin, ammo yana o'zimiz xohlagandek bo'lmadi.
Bugun biz Fransiya bilan o'yinda to'g'ri javob qaytardik va muxlislarimizga quvonch bag'ishlab, uchinchi o'rinni qo'lga kiritdik. 🥉
Ushbu jamoaning bir qismi ekanligimdan g'ururlanaman. Bizga ishonishda davom eting. Bizning vaqtimiz keladi.
Endi dam olish, bo'lib o'tgan voqealarni tahlil qilish, oila va do'stlar bilan vaqt o'tkazish hamda o'zimning eng yaxshi versiyamga qaytish vaqti keldi.