Juliano Simeone: Messi bilan birga o'ynashdan ta'sirlandim
Argentina terma jamoasi futbolchisi Juliano Simeone Lionel Messi haqida gapirib, ko'z yoshlarini tiya olmadi.
Juliano Simeone Argentina terma jamoasining so'nggi daqiqalarda qo'lga kiritgan g'alabasidan so'ng Lionel Messi haqida gapirib, ko'z yoshlarini tiya olmadi:
Rostini aytsam, bu meni juda ta'sirlantirdi. Leoning yoshi 39 da, u futbolchi orzu qilishi mumkin bo'lgan barcha narsaga erishgan, shunga qaramay, u hamon eng kuchlilar bilan raqobatlashmoqda. Shuning uchun biz bor kuchimizni berishimiz, uning ortidan yugurishimiz va butun Argentina uchun kurashishimiz kerak. Biz chin dildan juda baxtlimiz.