Joys taqdim etgan qaror tafsilotlari:
FSG kompaniyasining ikkinchi Yevropa klubini sotib olish va multiklub modelini joriy etish borasidagi sustkashligi Maykl Edvardsning o'tgan kuzda ilk bor ketish niyatini bildirishi uchun asosiy sabab bo'ldi.
FSG rahbariyati Edvardsni qolishga ko'ndirishga urindi, ammo u ketganidan so'ng, FSG prezidenti Mayk Gordon «Liverpul»ning kundalik boshqaruv ishlarini o'z zimmasiga oladi.
Klub ichida Edvards va Gordon so'nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar, shakllangan falsafa va ish jarayonlari «Liverpul»ning kelajakda ham muvaffaqiyatli harakatlanishiga zamin yaratishiga ishonchi komil.
Edvards klubda ishlagan davrda multiklub tizimi uchun taxminan 25 ta klub tahlil qilingan. «Xetafe», «Bordo», «Tuluza» va «Malaga» kabi klublar FSG tomonidan ko'rib chiqilgan, biroq yakunda bitimdan voz kechilgan.
Klubga qaytishiga sabab bo'lgan yangi chaqiriqlar bo'lmagani uchun, Edvards shunchaki lavozimda o'tirib, maosh olishni istamadi.
Tarkibni kuchaytirish masalasiga kelsak, barcha tayyorgarlik ishlari yakunlangan va strategiyani amalga oshirish javobgarligi Edvards emas, balki Xyuz zimmasiga yuklanadi. Yangi transferlardan tashqari, Dominik Soboslai bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda. Shuningdek, van Deyk, Alisson, Kertis Jons va Jo Gomes kabi futbolchilarning shartnomalari yakuniga yetmoqda.