Kobbi Maynu jarohatidan so'ng mashg'ulotlarga qaytadi
Tayron Marshall ma'lumotiga ko'ra, Kobbi Maynu "Manchester Yunayted" safiga qaytgach, darhol to'liq mashg'ulotlarga kirishadi. Jarohati jiddiy emas.
Tayron Marshall, MEN xabariga ko'ra, Kobbi Maynu "Manchester Yunayted" safiga qaytgach, darhol to'liq mashg'ulotlarga kirishishi kutilmoqda. Belidagi kichik jarohat sababli u Angliya terma jamoasining jahon chempionatidagi so'nggi o'yinini o'tkazib yuborgandi.
Fransiyaga qarshi uchinchi o'rin uchun kechgan bahs oldidan Maynu jamoa bilan mashg'ulot o'tkazdi, biroq biroz noqulaylik sezdi va yakunda maydonga tushmadi. Jarohat jiddiy emasligi va u klubga qaytgach, tezda ishga kirishishiga xalaqit bermasligi aytilmoqda.