Jordan Hendersonning "Chelsi" futbolchisi sifatidagi ilk intervyusi
Breakeven’s | Челси ↗ ●●●●● Matbuot 👁 4

Jordan Hendersonning "Chelsi" futbolchisi sifatidagi ilk intervyusi

Jordan Hendersonning "Chelsi" futbolchisi sifatidagi ilk intervyusi. Asosiy jihatlar:

Futbolga bo'lgan sadoqati haqida:

Futbolga bolaligimdan deyarli butun umrimni bag'ishlaganman. U men uchun juda katta ahamiyatga ega va har doim hayotimning asosiy qismi bo'lib kelgan.
Bunday yo'l ko'plab qurbonliklarni va ko'p narsadan voz kechishni talab qiladi. Ammo men uchun futbol – hammasi.
Har doim shunday bo'lgan. Men qiladigan barcha ishlar, butun hayotim futbol atrofida aylanadi – buni rafiqam ham tasdiqlaydi.
Bugun ham muvaffaqiyatga bo'lgan chanqoqligim o'sha-o'sha. Men yangi maqsadlarga erishishni, rivojlanishni va yaxshiroq bo'lishni istayman. Aynan shuning uchun ham shu yerdaman – yaqin yillarda ushbu klub va jamoaga muvaffaqiyat qozonishda yordam berish uchun.

Jamoadoshlari unga bo'lgan hurmati haqida:

Bilmadim. Balki, bu haqda jamoadoshlarimdan so'ragan ma'quldir.
Men uchun futbol – jamoaviy o'yin va barchasi jamoa manfaati uchun qaratilgan bo'lishi kerak. Faoliyatim davomida hamma narsani aynan jamoa uchun qilishga va yonimdagi yigitlarga yaxshiroq bo'lishlariga yordam berishga harakat qilganman. Har doim qo'limdan kelganicha eng yaxshi jamoadosh bo'lishga intilganman.
Mashg'ulotlarda shunday munosabat o'rnatish muhimki, boshqalardan talab qila olish kerak, shu bilan birga gaplashish uchun to'g'ri vaqtni his qilish, kerak bo'lganda esa hazil qilib, vaziyatni yumshatish zarur. Asosiysi – to'g'ri muvozanatni topish.
Shuning uchun sir nimada ekanligini bilmayman. Men shunchaki o'zim bo'lib qolaman va ko'p yillar davomida qilgan ishlarimni bajarishda davom etaman.
Hozir yigitlar bilan tanishishni, ular bilan birga mashg'ulot o'tkazishni va ishga kirishishni intiqlik bilan kutyapman.

Tajriba haqida:

Tajriba bilan ko'p narsaga boshqacha qaray boshlaysan. Faoliyatimga nazar tashlar ekanman, o'zim o'tib bo'lgan vaziyatlarni ko'raman va ba'zida yosh futbolchilar ham shunga o'xshash holatga tushib qolishayotganini payqayman.
Bunday paytlarda ular bilan gaplashib, vaziyatni boshqa tomondan ko'rsatib bera olaman. Tajribang bilan bo'lishish va nimalarni boshdan kechirganing haqida so'zlab berish juda muhim.
Ko'pchilik aralashishni istamagani uchun jim turishni afzal ko'radi, deb o'ylayman. Ammo men tajribani uzatish nihoyatda muhim deb hisoblayman.
Shu bilan birga, turli futbolchilarni – ham yosh, ham tajribaliroqlarini tushunish, ularning qarashlarini hisobga olish kerak. O'ylaymanki, faoliyatim davomida aynan shuni o'rgandim. Yoshim ulg'aygan sari, buni qanday to'g'ri qilishni yaxshiroq tushuna boshladim.

Xabi bilan suhbat haqida:

Juda yaxshi va juda ijobiy suhbatlar bo'ldi. Aynan u bu yerga o'tishni istashimning asosiy sabablaridan biriga aylandi. Men unga ham futbolchi, ham murabbiy sifatida katta hurmat bilan qarayman.
U bilan ko'p yillar davomida ishlagan barcha tanishlarim u haqida faqat ijobiy fikrlar bildirishgan. U haqida biror marta yomon gap eshitmaganman. O'ylaymanki, bu uning qanday inson ekanligidan dalolat beradi.
Uning qo'l ostida ishlash va undan imkon qadar ko'proq narsa o'rganishga harakat qilish men uchun katta sharaf.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!