Andoni Iraola va Dominik Soboslai jurnalistlar uchun matbuot anjumani o'tkazdi. Soboslaining fikrlari quyidagicha:
🛑 AQShdagi o'yin haqida
Bu oson sharoit emas, shuning uchun MLS o'yinchilariga hurmatim baland. Biz bu yerga zavq olish uchun keldik, ammo bu oson emas, bizga qiyin bo'lyapti. Bunday sharoitlar mavsumga tayyor bo'lishimiz uchun kerak. O'ylaymanki, bu ikki o'yin Chikagoda «Lids»ga qarshi bo'ladigan bahsdan farq qildi. Rayan, Florian va boshqalar qaytishdi, men buni intiqlik bilan kutyapman va yanada yaxshiroq o'ynay olishimizga umid qilaman.
🛑 Klubdagi o'zgarishlar haqida
Klubning bir nechta afsonalari ketdi, ammo klub har doimgidek o'sha-o'sha, dunyodagi eng katta klublardan biri bo'lib qolmoqda. Kimdir ketdi, kimdir keldi, biz esa darajani oshirib, yosh avlod uchun namuna bo'lishimiz kerak. Men ham maydonda, ham maydon tashqarisida o'rnak bo'lishga harakat qilyapman, ko'plab o'yinchilar ham shunday fikrda. Biz jamoadagi eng keksa futbolchilar bo'lmasak-da, uzoq vaqtdan beri shu yerdamiz. Florian, Rayan, Makka, Kertis, Aleks, Ali, Joui — barchamiz bir qayiqdamiz va bir-birimiz uchun eng yaxshisini istaymiz. Virj — bizning sardorimiz, biz uning aytganlariga amal qilamiz. Barchamiz bu mavsumda muvaffaqiyatga erishmoqchimiz. Yangi murabbiy bilan bu uzoq yo'l, jamoa o'zgardi va uzoq muddatli istiqbolda hammasi joyiga tushadi.
🛑 Yangi shartnoma haqida
Men juda xursandman. Bu haqda avval ham aytganman. Hammasi yakunlanguniga qadar uzoq jarayon bo'ldi. Umid qilamanki, ikki tomon xohlaganicha shu yerda qolib, barcha sovrinlarni yuta olaman. Avvalgidek takrorlayman: men imkon qadar barcha sovrinlarni yutishni istayman.
🛑 Transferlar haqida
O'ylaymanki, bu haqda o'ylash mening ishim emas. Albatta, mish-mishlarni o'qiyman va hammasini ko'raman. Tabiiyki, jamoaga yordam bera oladigan o'yinchilarni doimo xush ko'ramiz, ammo bu mening qarorim emas. Bular uchun pul to'laydigan odam men emasman.
🛑 Iraola haqida
Hammasi juda yaxshi, intensivlik — aynan shu yil bizga kerak bo'lgan narsa. Bizga yetishmayotgan narsa qaytdi, ham murabbiy, ham o'yinchilar tomonidan. Shunday ekan, endi buni qo'limizdagi jamoa bilan uyg'unlashtirishimiz kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!