Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Bundesliga yangiliklari Umumiy

Bundesliga

Kay Havertz Leverkuzendagi bolalar shifoxonasiga yordam berdi

Kay Havertz Leverkuzendagi bolalar shifoxonasiga yordam berdi

Kay Havertz rafiqasi bilan Leverkuzendagi bolalar palliativ bo'limiga tashrif buyurib, 100 ming yevro xayriya qildi.

Kay Havertz rafiqasi Sofiya bilan birgalikda Leverkuzendagi bolalar palliativ bo'limiga tashrif buyurdi. Futbolchi ta'tilini aynan shunday xayrli ish bilan o'tkazmoqda. U dastlab o'zining tug'ilib o'sgan shahri va ona klubi bo'lmish «Bayer» bazasiga tashrif buyurdi, so'ngra mahalliy bolalarga yordam berish uchun yo'l oldi.

«Arsenal» futbolchisining jamg'armasi mazkur muassasaning rasmiy homiysi bo'ldi va uning faoliyatini uzoq muddatli asosda qo'llab-quvvatlaydi. Tashrif davomida er-xotin bo'limga 100 ming yevro miqdorida xayriya mablag'ini topshirdi.

Bo'lim og'ir kasalliklarga chalingan bolalar va o'smirlarga yordam beradi, shuningdek, ularning oilalarini qo'llab-quvvatlaydi. Havertz jamg'armasining ko'magi tufayli bo'lim maxsus terapiya xonasini jihozlash va terapiya iti tashriflarini muntazam tashkil etish imkoniga ega bo'ladi.

Kayning qalbi juda keng ❤️

Mark van Bommel Belgiya terma jamoasini boshqaradi

Mark van Bommel Belgiya terma jamoasini boshqaradi

Fabrizio Romano xabariga ko'ra, "Bavariya" afsonasi Mark van Bommel Belgiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlanadi.

Fabrizio Romano xabariga ko'ra, "Bavariya" afsonasi Mark van Bommel Belgiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Tomonlar 2028-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolashadi.

Bundesliga

Joau Palinya mashg'ulotda jarohat oldi

Joau Palinya mashg'ulotda jarohat oldi

BILD xabariga ko'ra, Joau Palinya "Bavariya" mashg'ulotida Kim Min Je bilan to'qnashuvdan so'ng jarohat oldi, ammo mashg'ulotni yakunlashga muvaffaq bo'ldi.

👀 Joau Palinya mashg'ulotda Kim Min Je bilan to'qnashuvdan so'ng chap boldir qismidan jarohat oldi.

BILD xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi og'riqdan yerga yiqildi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi, Kim esa darhol uning oldiga kelib uzr so'radi. Shish paydo bo'lganiga qaramay, Palinya mashg'ulotni davom ettira oldi. Mashg'ulotdan so'ng esa u oyog'iga teyp bog'lagan holda velosipedda mehmonxonaga qaytdi.

Endi Mitten: Benyamin Sheshko jismoniy holati haqida

Endi Mitten: Benyamin Sheshko jismoniy holati haqida

The Athletic jurnalisti Endi Mitten Benyamin Sheshkoning jismoniy holati borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

🗣️ Endi Mitten, The Athletic:

Benyamin Sheshko vazn yig'di va juda baquvvat ko'rinmoqda. Ammo u to'liq mashg'ulotlarga qaytganida, ortiqcha vazndan xalos bo'ladi.
Jahon chempionati finalida eng ko'p vakili bo'lgan klublar
MilanAC ↗ Umumiy

Jahon chempionati finalida eng ko'p vakili bo'lgan klublar

1990-yildan buyon o'tkazilgan jahon chempionatlari final bahslarida qaysi klublar eng ko'p vakilga ega bo'lgan?

1990-yildan buyon o'tkazilgan jahon chempionatlari final bahslarida «Milan» klubi 20 nafar futbolchi bilan ishtirok etgan. Bu ko'rsatkich bo'yicha milanliklar barcha klublar orasida uchinchi o'rinda turibdi 🏆