Kicker xabariga ko'ra, Ismael Saibari jarohati sababli safdan chiqdi. Futbolchi tiklanish jarayonini Myunxenda o'tkazadi.
Kicker xabariga ko'ra, Ismael Saibari jarohati sababli safdan chiqdi.
"Bavariya" shifokorlari marokashlik futbolchida son mushaklari yirtilishini aniqlashdi. Ta'tildan so'ng Saibari Myunxenda tiklanish jarayonini o'taydi va jamoaga Osiyo turnesidan keyin qo'shiladi.
«Bavariya» yarim himoyachisi Noel Aseko faoliyatini Frankfurtning «Ayntraxt» klubida davom ettirishi mumkin.
«Bavariya» dastlab Noel Aseko'ni kelasi mavsum uchun asosiy tarkibda olib qolishni rejalashtirgandi.
👀 Goretska ketganidan so'ng, u Tom Bishof bilan birga yarim himoyada o'z o'rniga ega bo'lishi va rivojlanishda davom etishi kerak edi.
Klub Aseko'ni tezda qaytarib oldi, biroq so'nggi haftalarda rejalar o'zgardi.
📊 Bunga ikki omil sabab bo'ldi: yangi futbolchi Nathaniel Braun tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynay oladi (bu zaxira masalasini hal qildi), «Bavariya»ga esa sotuvlardan zudlik bilan mablag' kerak.
Dastlab myunxenliklar Aseko uchun 15 million yevro atrofida mablag' so'rashgan, ammo Frankfurtning «Ayntraxt» klubi bilan muzokaralardan so'ng tomonlar 13 million yevro atrofidagi kelishuvga yaqin turibdi.
📈 Transfer haqiqatga yaqinlashmoqda, tomonlar yaqin uchrashuvlarda qolgan tafsilotlarni kelishib olishadi.
Bavariya Osiyo turnesiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoaning qaysi futbolchilari safga qaytishi va kimlar turneni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi.
Bavariya hali jahon chempionati boshlanmasidan oldin chorak finalga qadar yetib bormagan futbolchilari 1-8 avgust kunlari Osiyo bo'ylab o'tkaziladigan mavsumoldi turnesiga yo'l olishi haqida qaror qabul qilgandi.
Shu tariqa, Olise, Keyn va Upamekano tarkibdan tashqarida qolishadi.
Jahon chempionatida son qismidan jarohat olgan Ismael Saybari yaqin kunlarda Myunxenda tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Shundan so'ng uning jamoa bilan Osiyoga uchishi masalasiga oydinlik kiritiladi. Jamol Musiala va Alfonso Devis esa safda bo'lishi hamda turneda ishtirok etishi kutilmoqda.