Joau Palinya mashg'ulotda jarohat oldi
BILD xabariga ko'ra, Joau Palinya "Bavariya" mashg'ulotida Kim Min Je bilan to'qnashuvdan so'ng jarohat oldi, ammo mashg'ulotni yakunlashga muvaffaq bo'ldi.
👀 Joau Palinya mashg'ulotda Kim Min Je bilan to'qnashuvdan so'ng chap boldir qismidan jarohat oldi.
BILD xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi og'riqdan yerga yiqildi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi, Kim esa darhol uning oldiga kelib uzr so'radi. Shish paydo bo'lganiga qaramay, Palinya mashg'ulotni davom ettira oldi. Mashg'ulotdan so'ng esa u oyog'iga teyp bog'lagan holda velosipedda mehmonxonaga qaytdi.