Tarik Muharemovich 40 million yevro evaziga «Lids»ga o'tdi. Bu «Sassuolo» tarixidagi rekord darajadagi transfer hisoblanadi.
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, kecha «Lids» himoyachi Tarik Muharemovich transferini rasman e'lon qildi. Transfer summasi 40 million yevroni tashkil etdi va bu bosniyalik futbolchini «Sassuolo» tarixidagi eng qimmat sotuvga aylantirdi.
Shu bilan birga, Italiya klubi mablag'ning atigi 20 million yevrosini oladi, chunki kelishuvdagi bandga ko'ra, summaning 50 foizi «Yuventus»ga o'tadi.
23 yoshli himoyachi «Sassuolo» safida 63 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urgan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, «Sassuolo» tarixidagi eng qimmat 10 ta transfer:
1. Tarik Muharemovich — 40 mln yevro («Lids») 2. Janluka Skamakka — 38,6 mln yevro («Vest Xem») 3. Manuel Lokatelli — 36,4 mln yevro («Yuventus») 4. Jakomo Raspadori — 28 mln yevro («Napoli») 5. Davide Frattezi — 26,4 mln yevro («Inter») 6. Xamed Junior Traore — 25,6 mln yevro («Bornmut») 7. Stefano Sensi — 25 mln yevro («Inter») 8. Jeremi Boga — 22 mln yevro («Atalanta») 9. Matteo Politano — 21,1 mln yevro («Inter») 10. Merix Demiral — 19,5 mln yevro («Yuventus»)
Feyenoord Transfermarkt va FR12 xabariga ko'ra, "Feyenoord" Givay Zexiel bilan shartnomani uzaytirmoqchi va 22 yoshli yarim himoyachiga yangi taklif bilan chiqqan.
Feyenoord Transfermarkt va FR12 xabariga ko'ra, "Feyenoord" Givay Zexiel bilan shartnomani uzaytirmoqchi va 22 yoshli yarim himoyachiga yangi taklif bilan chiqqan.
Manbalar ma'lumotiga ko'ra, yangi kelishuvda kelajakdagi ehtimoliy transfer shartlari ham aniq belgilab qo'yilishi kerak.
1990-yildan buyon o'tkazilgan jahon chempionatlari final bahslarida qaysi klublar eng ko'p vakilga ega bo'lgan?
1990-yildan buyon o'tkazilgan jahon chempionatlari final bahslarida «Milan» klubi 20 nafar futbolchi bilan ishtirok etgan. Bu ko'rsatkich bo'yicha milanliklar barcha klublar orasida uchinchi o'rinda turibdi 🏆