Endi Mitten: "Manchester Yunayted"ning moliyaviy imkoniyatlari raqobatchilardan pastroq"
Endi Mitten "Manchester Yunayted"ning moliyaviy holati va Chempionlar ligasiga chiqish muhimligi haqida fikr bildirdi.
🗣️ Endi Mitten:
"Manchester Yunayted"ning moliyaviy imkoniyatlari hozirda APLdagi ba'zi raqobatchilarnikidan pastroq.
Aynan shu sababli klub uchun Chempionlar ligasiga barqaror chiqish juda muhim — bu daromadlarni sezilarli darajada oshiradi.
Bundan tashqari, o'tgan yili "Yunayted" tarkibni kuchaytirish uchun allaqachon katta mablag' sarflagan edi".